Befit SPA‘da yuz parvarishi

Sinab ko‘rishingiz shart bo‘lgan go‘zallik muolajalari

To‘g‘ri parvarishlangan yuz terisi go‘zal va sog‘lom qiyofaning asosini tashkil etadi. Befit SPA sizga zamonaviy texnologiyalar va orom beruvchi muhitni o‘zida mujassamlashtirgan samarali hamda xavfsiz muolajalarni taqdim etadi. ELLE O‘zbekiston tahriririyati bu muolajalardan qay biri diqqatingizga loyiq ekani va ularning qaysi biridan boshlash kerakligi haqida so‘zlab beradi.

Biodroga bilan ekspress-parvarish: bir zumda yangilanish

Vaqtingiz tig‘iz bo‘lsa-yu, baribir benuqson ko‘rinishga ega bo‘lishni istasangiz, bu muolaja aynan siz uchun. U yuzingizdagi charchoq alomatlarini ketkazadi va teringizni tiniqlashtiradi. Tanijada, yuzingiz xuddi yaltirab turgandek ko‘rinadi. Muolaja tozalash, tonik bilan artish hamda Biodroga oziqlantiruvchi niqobi yordamida namlantirishni o‘z ichiga oladi.

Intense Moisture Formula bilan mutlaq namlantirish

Biodroga‘ning intensiv (jadal) namlantirish xususiyatiga ega mahsulotlari teridagi suv muvozanati meʼyorda bo‘lishini taʼminlaydi, shuningdek terini tarang va sog‘lom qiladi. Muolajadan so‘ng yuzingiz tetik va porloq ko‘rinishga keladi. Muolajada yuz terisi tozalanadi, tonikda artiladi, uqalanadi, chuqur namlantiruvchi niqobdan so‘ng esa himoyalovchi krem surtiladi.

Germaine de Capuccini‘dan Pure Expert bilan toza yuz terisi

Bu moʻtadil, aralash va yog‘li teriga har tomonlama mos tushuvchi parvarishdir. Samarali tozalash, teshikchalarni toraytirish va yangilanish – yuz terisi tiniqligi va rangining ochilishiga xizmat qiladi. Dastlab tozalash, tonikda artish, mayin tozalash, so‘ngra gilli niqob va himoya emulsiyasini qo‘llash muolajalari amalga oshiriladi.

Biodroga Men‘dan jentlmenlar uchun parvarish

Erkaklar uchun maxsus ishlab chiqilgan bu muolaja chuqur tozalash, namlantirish va orom beruvchi uqalashni o‘z ichiga oladi. Qon aylanishini yaxshilaydi, tektik ko‘rinish beradi va charchoq alomatlarini yo‘qotadi. Muolaja tozalashdan boshlanadi, so‘ngra teri tonik bilan artiladi, namlantiruvchi flyuid hamda himoyalovchi krem surtiladi.

Timexpert C+ mahsuloti tarkibidagi S vitamini bilan porlovchi va sog‘lom ko‘rinish

Sof S vitamini bilan parvarishlash oqibatida xira ko‘rinish, dog‘lar va charchoq izlaridan qutulasiz. Muolaja yuz terisi rangini ochib, tiniqlashtiradi. Taranglik va tabiiy yaltirash bahsh etadi. Tozalash tonik bilan artish, piling, uqalash, S vitaminili flyuid va matoli niqobni qo‘llashdan iborat bo‘ladi.

Biodroga‘dan Shveysariya olmasi hujayralariga ega anti-age parvarishi

Lifting samaraga ega innovatsion muolaja. Terini taranglashtiradi, ajinlarni ketkazadi, yosharish jarayonlarini faollashtiradi. Dastlab teri tozalanib, tonik bilan artiladi, keyin yoshartiruvchi niqob surtilib, uqalanadi, so‘ngra keksayishga qarshi zardob, flyuid va himoyalovchi krem surtiladi.   

Excel Therapy O2 Cityproof bilan kislorod terapiyasi

Detoks taʼsiriga ega noyob anti-age parvarishi. Pufakchali niqob mikrouqalash samarasini beradi, “High Performance” ikki bosqichli niqobi terini kislorod bilan to‘yintirib, immunitetini oshiradi va tabiiy porlashini qaytaradi. Tozalash, tonik bilan artish, uqalash va ikki bosqichli kislorodli niqobni o‘z ichiga oladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles