Rhode endi Sephora‘da
Soni cheklangan xitlar taqdim etiladi

Xeyli Biber asos solgan Rhode brendi yaqinda E.l.f. Beauty kompaniyasi tomonidan 1 mlrd dollarga sotib olinganidan so‘ng Sephora AQSH va Kanadadagi eng yirik startga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 4 sentyabrdan boshlab, mahsulotlar tarmoqning barcha do‘konlarida sotuvga chiqariladi. Rhode endilikda shaxsan Xeyliga tegishli bo‘lmasa-da, u brend rivojida asosiy rolni o‘ynashda davom etmoqda. Savdo belgisining asoschisi bo‘lib qolgan Xeyli yana kreativ direktor hamda innovatsiyalar bo‘yicha rahbar lavozimlarini ham egallab turibdi. U dizayn, marketing va mahsulot strategiyasini boshqarib, firma estetikasini saqlash hamda mahsulotlar xilma-xilligini teri parvarishidan tortib to makiyaj va aksessuarlargacha kengaytirish yo‘lida mehnat qilmoqda. Sephora‘da Jelly Bean va Strawberry Glaze kabi soni cheklangan xitlar taqdim etilishi, do‘konlardagi Rhode‘ga ajratiladigan hudud bo‘lsa brendning taniqli glossy gray uslubida bezatilishi kutilmoqda.