Kith ko‘chada modalar namoyishini o‘tkazdi
Sport estetikasi va shaharga xos joziba

Kith brendi so‘nggi olti yil ichida ilk marotaba Manxetten ko‘chalarining o‘zida modalar namoyishini o‘tkazdi. Unda yig‘ilganlar Institution kuz to‘plami bilan tanishishdi. Brend asoschisi Ronni Fig shahar ritmidan ilhomlanib, sport estetikasini shaharga xos bo‘lgan joziba bilan uyg‘unlashtirdi. Logotiplar tushirilgan denim futbolkalar, yorqin kostyumlar, Nyu-York klublari timsoli bosilgan kurtkalar va monogrammali baxmalsimon charm sumkalar barchada katta taassurot qoldirdi. Adidas bilan kollaboratsiyadagi krossovkalar hamda yangilangan Birkenstock Boston modeli kechaning diqqat markazida bo‘ldi. Tadbirni reper Gashining tomoshaga quvvat hamda ko‘cha ruhini qo‘shgan kutilmagan chiqishi ajoyib tarzda yakunladi.