Next Designer Award empowered by Visa
Yosh dizaynerlar tanlovi beshinchi mavsumi yakunlari

Mana besh yildirki, Next Designer Award Qozog‘iston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari dizaynerlariga sohadagi rivoji uchun yo‘l ochib bermoqda. Mazkur tanlov o‘z yo‘lini endigina topgan va moda olamida munosib o‘rin egallashga tayyorlanayotgan ijodkor yoshlar uchun juda muhim voqea.
“Bizning bosh vazifamiz — kreativ sanoatni qo‘llab-quvvatlash va Markaziy Osiyoni jahon moda sahnasida munosib namoyon etadigan yangi avlod dizaynerlarini shakllantirish”, — deydi Visa Fashion Week Almaty va Visa Fashion Week Tashkent bosh direktori Baurjan Shadibekov.
Beshinchi mavsum Next Designer Award uchun yangi bosichga aylandi – tanlov ilk bora Markaziy Osiyo darajasiga chiqdi. Endi bu faqat Qozog‘iston tarixi emas, balki butun mintaqaning tarixini aks ettiradi. Sharafli uchinchi o‘rin O‘zbekistonlik Nigina Nig‘matovaga nasib etgani ham ramziy maʼnoga ega. Uni oldinda qozog‘istonlik dizayner Saken Jaqsibayev bilan kollaboratsiya, bizni esa ikki madaniyat va modaga ikki xil qarashining uchrashuvi kutmoqda.
Tanlovda Tomiris Talg‘at o‘zining “Baylyau” to‘plami bilan g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mazkur to‘plam ayolning jamiyatda bosib o‘tadigan yo‘lini va uning patriarxal muhitda shaxsiy o‘ziga xosligini shakllantirish bosqichlarini ko‘rsatib bergan. Uning ishlari Visa tomonidan 10 000 dollarlik grant va Visa Fashion Week Almaty SS2026 sahnasida yangi to‘plamni namoyish etish huquqi bilan taqdirlandi.
Ikkinchi o‘rin egasi Ayzada Balabekova bo‘ldi. Uning tarix va zamonaviylik uchrashgan to‘plamida ayol qiyofasi kuch va jasorat orqali ochilgan bo‘lib, ilhom mavzusi — anʼanalarning yangi qirralarni kashf etish va ayolga o‘zligidan qo‘rqmaslikka yordam berish. Mukofot sifatida dizayner o‘z to‘plamini Visa Fashion Week Tashkent SS2026 sahnasida namoyish etadi.
Uchinchi o‘rin sohibiga aylangan Nigina Nig‘matova o‘z to‘plamida kinoya, dekonstruksiya va madaniy kodlar orqali ongli iste’mol haqida so‘zlaydi. Uning g‘oyasiga ko‘ra, onglilik — bu hammasidan voz kechish emas, balki odatiy holatga o‘zgacha yondashuvdir; xaridlarni to‘xtatish emas, balki jarayondan ma’no izlashdir. Bu mavzu bugungi kunda haqiqatan ham dolzarb va muhim.
Ishtirokchilar ishlari bir qancha mezonlarga asosan baholandi: g‘oyaning o‘ziga xosligi, yangiligi va dolzarbligi, mahsulotlar bichimi, mato va shakllar qanday tanlangani, rang yechimi hamda to‘plamning yaxlitligi.
Tadbirning final bosqichi 11-avgust kuni tarixiy maskan — Almaty Teatrda bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi ham shu yerda tashkil etildi.
Aynan shunday tashabbuslar yangi ismlarni eshitish, modaning muhim ijtimoiy mavzular tiliga aylanganining guvohiga aylanish imkonini beradi va iste’dodlarni o‘z yo‘lini, o‘z uslubi va ovozini izlashga ilhomlantiradi.
Fotosuratlar Next Designer Award PR-xizmati tomonidan taqdim etilgan.