Y2K uslubidagi nostalgiya

TikTok yulduzidan 2000-yillarda urfda bo‘lgan jinsi shim

21 Avg 2025
Foto: Instagram / Luckybrand

TikTok yulduzi va qo‘shiqchi Addison Rae o‘zining moda olamidagi ilk dizaynerlik ishini — Lucky Brand bilan hamkorlikda yaratilgan Addison Ultra Low Rise Flare jinsi shimini taqdim etdi. Rae  brendning 2000-yillar boshidagi arxiv modelidan bu kollaboratsiyada kreativ direktor sifatida ishtirok etdi. Lucky brendi Addison‘ning sahnada ularning vintaj jinsilarini kiyib chiqayotganini payqab qolganidan so‘ng unga hamkorlikni taklif qildi. Natijada mazkur shimning yangi ko‘rinishi paydo bo‘ldi: bu jinsida to‘plamga xos belgi, yorliq va mashhur “Lucky You” yozuvi zamokka tushirilgan. Kampaniya Los-Anjelesdagi tarixiy Million Dollar Theatre teatrida suratga olingan, rejissyor — Mitch Ryan. Promo doirasida Lucky Brand Nyu-York va Los-Anjelesda Addison‘ning haqiqiy raqami ko‘rsatilgan bilbordlarni joylashtirdi. Shuningdek, do‘konlarga Addison ma’qullagan pleylistga ega skretch-kartalar ham joylandi. Ikki xil rangda taqdim etilgan jinsi shimning narxi — 129 dollar. shimni Lucky Brand do‘konlaridan, onlayn va riteylerlardan xarid qilish mumkin.

Maqolani baham ko'ring

Related articles