Serena Williams – Ro kompaniyasi elchisi
Vaznni kamaytirish uchun GLP-1

Serena Williams Ro tibbiyot kompaniyasi jamoasiga elchi sifatida qo‘shildi va ilk bor ochiqchasiga GLP-1 guruhidagi preparat yordamida vazn yo‘qotgani haqida so‘zlab berdi. Serenaning aytishicha, farzand ko‘rgach, sport mashg‘ulotlari va parhez yordamida oza olmagan payti ana shu vosita bois u 14 kilogrammdan ortiq vazn yo‘qotgan. Kompaniya doirasida Williams shaxsiy tajribasi bilan bo‘lishadi va tez natija olish maqsadida emas, balki salomatligini asrash istagida preparatdan foydalanishga qaror qilganini ma’lum qiladi. Serena Ro kompaniyasining ongli va xavfsiz vazn kamaytirish g‘oyasini targ‘ib etuvchi reklamasida ishtirok etmoqda.