Mahalliy brenddan yopiq kecha
Liliya Dulat tashkil topgan kun

Bu yil mahalliy Liliya Dulat brendi o‘zining 16 yilligini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan moda, estetika va gastronomiyani uyg‘unlashtirgan maxsus yopiq tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Faqat chipta asosida kirish mumkin bo‘lgan kecha “12” restoranida bo‘lib o‘tadi. Bu maskanning fayzli muhiti va noyob manzarasi tadbirga o‘zgacha joziba bag‘ishlaydi. Mehmonlarni welcome drink, bosh oshpazdan maxsus kechki taom hamda Liliya Dulat uslubiga uyg‘un muhit kutmoqda, ya’ni restoran o‘ziga xos vizual detallar bilan bezatiladi. Maxsus yaratilgan fotohududlarda bo‘lsa har bir mehmon kechaning unutilmas lahzalarini fotosuratga muhrlashi mumkin.
Dasturdan asoschi va kreativ direktor Liliya Palyuninaning fashion-spiker sifatidagi chiqishi, brend tomonidan tayyorlangan maxsus mashg‘ulotlar va kechani yana-da jonlantiruvchi afterparty o‘rin olgan.