“Givenchy”dan yangi kampaniya
Sara Burton ayollar jamoasining kuchini oshkor qildi

Sara Burton “Givenchy”ning fotosuratchi Collier Schorr tomonidan tasvirga olingan ilk reklama kampaniyasini taqdim etdi. Kadrlarda top-modellar bilan bir qatorda jamoa a’zolari ham bor. Stilist Camilla Nickerson va pardoz ustasi Lucia Pieroni shular jumlasidan. Kampaniyada Eva Herzigova va Liu Wendan tortib Kaia Gerber hamda Adut Akechlargacha bo‘lgan turli avlod vakillaridan iborat ayollar ishtirok etgan. Suratlarda gavdaning tabiiy holatlari, jonli his-tuyg‘ular va moda sanoatiga xos qora dress-kod namoyish etilgan. “Men samimiy lahzalarni va yonimda ishlaydigan ayollarni ko‘rsatishni istadim”, — deydi Burton.