Dries Van Noten: Moda olamida dekonstruktivizmning yorqin vakili
Oʻz bogʻiga muhabbat yoki ijodiy direktorning oʻz brendidagi lavozimi haqida
ВBu yil aksariyat moda uylarida ijodiy direktorlarning (creative director) almashinishi kuzatilmoqda. Davrlar oʻtmoqda. Yangi qahramonlar oʻzlarining qarashlarini allaqachon tanish boʻlgan brendlarga olib kelishmoqda. Dries Van Noten ham bundan mustasno emas. 2024-yilning 19-mart kuni, 1986-yilda asos solgan shu nomdagi brendining ijodiy direktor lavozimidan ketishini e’lon qildi.
Dizaynerning yakuniy ishi 2025-yil bahor-yoz mavsumida erkaklar moda haftaligida namoyish etilgan toʻplami edi. Rejissyor Reiner Holzemer Van Noten yoʻlini chuqurroq oʻrganish uchun “Dries” nomli hujjatli filmni suratga oldi.
“Yangi avlod iste’dodlari uchun joyni boʻshatish vaqti kelganini his qilyapman”, deb tushuntirdi dizayner oʻz qarorini.
Belgiyalik kutyurye 1958-yil 12-mayda tikuvchilar oilasida tugʻildi. Otasi koʻp brendli butikiga ega edi, onasi esa savdogar (buyer) edi. Erta bolaligidan Dries otasi bilan Milan, Parij, Dyusseldorfdagi moda koʻrgazmalariga borardi. Oʻz brendini yaratgach esa, u moda dekonstruktivizmi vakillaridan biri boʻlishga muvaffaq bo’ldi.
Van Noten Antverpen Qirollik tasviriy san’at akademiyasida tahsil olgan.
Drues Van Noten oʻz brendidan ketgani haqida xabar bergan xatida shunday deydi: “Oʻz ovozimga ega boʻlish mening orzuim edi”.
1986-yilda dizayner British Designers shousida Londonni zabt etishga qaror qildi. Van Noten yaxtachilarga baggʻishlangan toʻplamni taqdim etdi. Zig’ir va paxtadan yaratilgan hashamatli obrazlar debyut yoʻnalishining bir qismiga aylandi.
Ehtiyotkorlik bilan ishlangan ergonomika va matolar moda hamjamiyatini befarq qoldirmadi. Bu esa Barneys New-Yorkdan hatto kichik kichik buyurtmani qabul qilishga olib keldi. Bir yil oʻtgach, ayollar yoʻnalishi ham paydo boʻldi. 1989-yilda Dries Antverpenda butik ochishga muvaffaq boʻldi, bir muncha vaqt oʻtgach esa Parijda moda namoyishini tashkil etdi. Biroz vaqt oʻtib, Parij, Milan, Tokio va Gonkongda uning butiklari paydo boʻldi. Bu davr dizayner uchun juda muvaffaqiyatli keldi: eliktaga yaqin namoyishlar, kutilmagan kechki ovqatlar, xalqaro mukofotlar.
Van Noten trendlarni oʻrnatdi desak notoʻgʻri boʻladi. U tendentsiyalarni ta’qib qilmadi, ta’sir oʻtkazuvchilarning ta’sirini qabul qilmadi, matbuot bilan aloqa qilmadi. Uning uchun vaqtini murabbo bankalarini yopish va issiqxonadagi sallagullarni (pion) sugʻorish bilan oʻtkazish ancha yoqimliroq edi.
Driesning sevimli mashgʻulotlari eklektik nashrlarda, chiroyli avangardda, rang-baranglikda, nostandart kesishda aks etgan.Ushbu tarkibiy qismlarning barchasi Dries Van Noten toʻplamlariga oʻzgacha joduni olib keldi.
Dizayner oʻz hayoti haqida gapirmagani uchun Rainer Holzemerning filmidan kadrlarni tomosha qilish hali ham zavqlidir. U yerda Drisning Antverpen yaqinidagi oilaviy qasr bogʻi yoʻllari boʻylab qanday yurishi, oʻz kabinetining shisha devorlari orqali dunyoning oʻtkinchiligini qanday kuzatishi, matolarni qanday tanlashi va tikuvchilar bilan muloqot qilish tasvirlangan.
“Mendan tez-tez “katta shoulardan keyin ish mashaqqati kamayidimi” deb soʻrashadi? Men “ha” javobini umuman bermaganman. Har bir toʻplam yangi muammodir, yangi sinov. Har bir koʻrgazma har doim bu yangi jarayon, ular takrorlanmaydi, bir xil boʻlmaydi. Ular mantiqqa boʻysunmaydi. Siz xohlagan narsangizga erishishingiz uchun doimo oʻzingiz bilan kurashishingiz kerak."
Dries Van Notenning oʻz brendining ijodiy direktori lavozimidan ketishi ajablanarli boʻlmadi, garchi moda olamining koʻplab arboblari uning yakuniy namoyishini koʻzlarida yosh bilan kuzatishdi. 2018 yilda Belgiya brendi Puig konglomeratiga oʻtkazildi. Shartnoma shartlariga koʻra, Dris faqat keyingi besh yil davomida oʻz lavozimida qolishi mumkin edi. Shartnoma oʻzining mantiqiy yakuniga yetganida, bu butun bir buyuk inson davri tugaganini bildirdi. Shu bilan birga shartnoma yakuni Dries uchun nihoyat Ringenhofdagi sevimli bogʻining yumushlariga shoʻngʻish va onasi oʻrgatgan mavsumiy mevalardan yeguliklarni tayyorlash imkoniga ega boʻldi.