Chloé 70-yillar uslubida

Gedonizm va Fransuz Rivierasi kuzgi kampaniyada

27 Avg 2025
Foto: Chloe.com

Model Greys Hartsel Chloé yangi kampaniyasining yuziga aylandi. Suratga olish ishlari Fransiyaning janubida Devid Sims tomonidan amalga oshirildi. Mazkur kampaniya Villa Nellcôte koshonasining 1970-yillarga xos muhiti — ijodiy erkinlik va gedonizm, ya’ni hayotdan huzurlanishl ruhidan ilhomlanib yaratildi. 

Kreativ direktor — Shemena Kamali, pardoz ustasi — Elodi David Tubul. To‘plam keng yelkali koftalar, viktorian uslubidagi kamzullar, trikotaj top va tor shifon yubkalardan iborat. 

Kampaniyaga 26-avgust kuni brendning raqamli platformalarida start berilsa, to‘plam 4-sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles