Oʻziga ishonch orttirishning usullari

Qanday qilib qoʻrquvni yengish va oʻz kuchiga ishonish mumkin

Foto: Pexels

Har birimiz oʻzimizga boʻlgan ishonchni doimiy ravishda izlaymiz. Aynan insonni oʻziga boʻlgan ishonchi muvaffaqiyatga erishishda asosiy rol oʻynaydi. Biz sizga  bugunning oʻzidayoq oʻzingizga boʻlgan ishonchni orttirishda yordam beradigan maslahatlar toʻplamini yig‘dik.

Oʻzingizni maqtang

Ishonch har doim ijobiy fikrlash, qobiliyat va koʻnikmalaringizni baholash haqidadir. Yutuqlaringiz uchun, hatto eng kichigi uchun ham oʻzingizni maqtang va yutugʻingizni tan oling. Qalbingizdagi ichki tanqidchini oʻchiring va qoʻllab-quvvatlashni boshlang. Oʻzingizga boʻlgan munosabatingiz boshqalarning sizga qanday munosabatda boʻlishlari uchun namuna boʻladi.

Sizni qiziqtirgan odamlar bilan muloqotda boʻling 

Muntazam  muloqot aloqa ko‘nikmalarini yaxshilashga yordam beradi, bu esa sizning fikrlaringizni  va his-tuyg‘ularingizni ifoda etishga ishonchingizni yanada  orttiradi. Ijtimoiy ko‘nikmalaringizni ham yaxshilang.  Bunda sizda suhbatdoshni tinglash, munosabatlaringizni saqlab qolish va o‘zingizni to‘g‘ri taqdim etish qobiliyati shakllanadi. Faol bo‘lishdan qo‘rqmang va suhbatni birinchi bo‘lib boshlang.

Foto: Pexels

Muhitni to‘g‘ri tanlang

Atrof-muhit shaxsning shakllanishiga bevosita ta’sir qiladi. Vaqt o‘tishi bilan biz har kuni muloqot qiladigan odamlardan odatlar, qadriyatlar va fikrlash tarzini qabul qilamiz. Bu biz onlayn kuzatayotgan odamlarimizga ham tegishli. Shuning uchun, o‘zingizni ijobiy, ishonchli, muvaffaqiyatli odamlar bilan o‘rab olishga harakat qiling.

Tez-tez tabassum qiling

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, baxt gormoni-endorfinni chiqarishga yordam beradi. Bu esa bizga qiyinchilik va tashvishlarni osonroq yengishga yordam beradi. Tabassum quvonch va yengillik hislarini va shu bilan birga, ishonch hissini ham beradi.

Foto: Pexels

Maqolani baham ko'ring

Related articles