Prada zargarlik to‘plami
Couleur Vivante

Prada oktyabrdan boshlab individual buyurtma asosida sotuvga chiqadigan yangi Couleur Vivante zeb-ziynatlar to‘plamini taqdim etmoqda. Amazonit, sitrin, morganit, akvamarin va peridot singari qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan, brendning ramziy uchburchak elementi bilan ishlangan sirg‘alar, uzuklar, bilaguzuklar va marjonlar mazkur to‘plamga kiradi.
David Sims tomonidan suratga olingan kampaniyada bosh qahramonlar sifatida Amanda Gorman, Maya Hawke va Kim Tae-rilar ishtirok etdi. Barcha mahsulotlar toshlarning haqiqiyligi va kelib chiqishini tasdiqlash maqsadida Aura blokcheyn-platformasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.