Teplo Autumn Fest 2025

Uch kunlik ilhombaxsh tadbirlar

06 Sen 2025
Foto: Instagram / Teplofest

Teplo Fest mahalliy brendlar festivali yana bir karra mehmonlarni Yapon bog‘ida to‘playdi. Dasturga jonli musiqa, dizaynerlar va hunarmandlar bozori, ovqatlanish maydoni, ma’ruzalar, mahorat darslari hamda dam olish uchun qulay hududlarni tashkillashtirish kiritilgan. Teplo Fest - bu uch kunlik ilhombaxsh tadbirlar, uchrashuvlar hamda mahalliy san’atkorlar va yangi iste’dodlar tomonidan yaratiluvchi samimiy muhit, degani.

Festival soat 12:00 dan 21:00 gacha ochiq bo‘ladi. Kattalar uchun kirish narxi - 60 000 so‘m, 3 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun - 30 000 so‘m, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun esa - bepul.

Maqolani baham ko'ring

Related articles