“Men yashayotgan tana”
Kuratorlar — Dante Rustav va Timur Karpov

Mark Vayl nomidagi “Ilhom” teatrining ko‘rgazmalar zalida 12 sentyabr kuni soat 18:00 da teatrning 50 yilligiga bag‘ishlangan "Men yashayotgan tana" ko‘rgazmasi ochiladi. Loyiha kuratorlari Dante Rustav va Timur Karpov teatrga yodda saqlab qolish, his qilish va qayg‘urish qobiliyatiga ega tirik organizm sifatida qarashni taklif etmoqda. Ekspozitsiya xotira mavzusini vizual va fazoviy tasvirlar orqali tadqiq etadi va uning parchalanganligi hamda ko‘p qatlamli ekanini ko‘rsatib beradi. Loyiha doirasida kuratorlar bilan suhbatlar o‘tkaziladi, unda tomoshabinlar ko‘rgazmada namoyish etilayotgan asarlarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ko‘rgazma 27 oktyabrgacha davom etadi. Kirish bepul, suhbatlarda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish lozim. Moliyaviy ko‘mak Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi tomonidan ko‘rsatilmoqda, hamkor — YAMAHA‘ning rasmiy distribyutori