Peter Utz Dior‘ga qaytdi

Mashhurlar bilan aloqalar bo‘yicha direktor

10 Sen 2025
Foto: Instagram / Utzpeter

Dior fransuz moda uyi Peter Utzni jamoatchilik bilan aloqalar va mashhurlar bilan ishlash bo‘yicha global direktor etib tayinladi. Ilgari ham Dior‘da faoliyat yuritgan Utz bu gal qaytishidan oldin Celine‘da kutyur va tadbirlar bo‘yicha direktor lavozimini egallab kelgan.

U modaning lyuks segmentida 20 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lib, Saint Laurent, Maxfield va Prada‘da ham ishlagan. Yangi lavozimda Utz ayollar va erkaklar yo‘nalishi uchun mas’ul bo‘lgan Matilde Favier va Sam Maucie bilan hamkorlik qiladi. Uning qaytishi Jonathan Andersonning Dior kreativ direktori lavozimiga tayinlanishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles