Skims mini to‘plamini chiqardi

Soft Smoothing Seamless

13 Sen 2025
Foto: Instagram / skims

Kim Kardashian brendi havo o‘tkazuvchi va cho‘ziluvchan matolardan ishlangan bazaviy kiyimlarning yangi talqinini - Soft Smoothing Seamless mini to‘plamini taqdim etdi. Mazkur to‘plam ko‘krak shaklini tutib turuvchi, yumshoq kosachali, qulay bodisyutlarni, futbolka, bralet, longsliv va bandolarni o‘z ichiga oladi. Modellar hozir urfda bo‘lgan Cocoa va Elk ranglaridan ishlangan bo‘lib, tanani quchoqlab, qaddi-qomatni chiroyli ko‘rsata olish xususiyati bilan ajralib turadi hamda kuzgi ko‘p qavatli obrazlarni yaratishda qo‘l keladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles