Dizaynerlar uchun trening
FW 26/27 trend va texnologiyalari

6-8-oktyabr kunlari BMT Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO)ning "O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatini barqaror modernizatsiya qilish" loyihasi doirasida dizayner va konstruktorlar uchun jamoaviy trening o‘tkaziladi. Dastur zamonaviy modellashtirish texnologiyalari, buyumlar shaklini yaxshilash, xalqaro sifat standartlari, 2026-2027-yillar kuz-qish mavsumi trendlari, bozor va estetikaga mos to‘plamlar yaratish, ayollar, erkaklar va bolalar modasi tahlili kabi muhim mavzularni qamrab, to‘plamlarni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ham o‘zi ichiga oladi. Treningni xalqaro ekspertlar: kreativ fashion direktor, barqaror moda va global tendensiyalar bo‘yicha mutaxassis Gloria Penaty va konstruktor, andozalar va mahsulot sifati bo‘yicha ekspert Fabrizio Brescianni olib boradi.