Black Coffee Xivada chiqish qiladi
Qadimgi me’morchilik yodgorliklari qo‘ynidagi shou

Dunyoning eng nufuzli DJ laridan biri, “Grammy” mukofoti sohibi Black Coffee 9-oktyabr kuni Xivada chiqish qiladi. Konsert "Arda Xiva" sayyohlik markazida, qadimiy me’morchilik obidalari va tarixiy shahar atmosferasi fonida o‘tkaziladi. Dasturda “Drive”, "Turn Me On", "Pieces of Me" xitlari va jahon reytinglarini zabt etgan boshqa treklar ijro etiladi. Shou zamonaviy elektron musiqa va Sharq madaniyatini uyg‘unlashtirgan muhitni taqdim etishi kutilmoqda.