Serafim Dimninng ilk shaxsiy ko‘rgazmasi

«AJDAHO — Hunar posboni»

17 Sen 2025
Foto: Instagram / serafim_dim

Regeneration Art Gallery‘da 18 sentyabr kuni soat 19:00 da rassom Serafim Dimning debyut loyihasi - “AJDAHO” deya nomlangan yopiq turdagi ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. 19-sentyabrdan boshlab esa ko‘rgazma barcha uchun ochiladi. Badiiy turkum markazida loydan hayvon yoki afsonaviy mavjudot shaklida yasalgan o‘yinchoq hushtak obrazi turadi. Hushtak tarixi juda qadimiy davrlarga borib taqaladi va bahor marosimlari, Navro‘z bayrami, tabiatning uyg‘onishi haqidagi afsonalar bilan bog‘liq. Ilgari uning ovozi yordamida yomg‘ir chaqirish, yovuz kuchlarni haydash va bahorning ezgu ruhlarini chorlash mumkin, deb ishonishgan. Suv unsurlarining qo‘riqchisi va hunarmandlarning homiysi bo‘lgan afsonaviy Ajdaho obrazi haqida ham alohida to‘xtalish darkor. Serafim talqinida u hunarmandchilik ruhiga, usta qo‘lini boshqaruvchi, loyga jon baxsh etuvchi, shakl va mazmunni saqlab qolishga ko‘maklashuvchi kuchga aylanadi. Serafim Dimning asarlarida afsonalar va o‘yinchoq yasash jarayonida usta qalbining bir parchasini mana shu o‘yinchoq orqali keyingi avlodlarga yetkazishi ko‘rsatib beriladi. Hushtak ajdodlar ovoziga, ajdaho ruhi esa muzeyda emas, balki inson qo‘lida yashaydigan, nafas orqali shakllarga singdirilgan an’ananing posboniga aylanadi.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles