“Ilhom” teatri 50-mavsumini ochdi
"Urushsiz yigirma kun" premyerasi

Mark Vayl nomidagi “Ilhom” teatri o‘zining 50-mavsumini "Urushsiz yigirma kun" spektakli premyerasi bilan boshladi. Spektakl Konstantin Simonovning qissasi va Aleksey Germanning shu nomdagi filmi asosida yaratilgan. Spektakl ustida taklif etilgan sahnalashtiruvchi rejissyor Aleksandr Plotnikov ishlamoqda.
Hikoya harbiy muxbirning qisqa muddatli ta’tili haqida bo‘lib, u front hayotidan bir necha kunga uzoqlashish uchun Toshkentga qaytadi. Sevgi, janglar orasidagi sukunat, xotira va ichki erkinlik haqidagi mazkur spektakl teatr repertuaridan ham joy oldi. Teatr tarixining vizual tadqiqoti - "Men yashayotgan tana" ko‘rgazmasi ham mavsumning ochilishiga bag‘ishlab tashkil etildi.