Gwyneth Paltrow yangi brendni ishga tushirmoqda

“G Label” o‘rnida endi “Gwyn”

21 Sen 2025
Foto: Instagram / gwynethpaltrow

Gwyneth Paltrow o‘zining avvalgi “G Label” liniyasi o‘rnini egallaydigan “Gwyn” deya nomlangan  yangi kiyim brendini taqdim etdi. Aktrisa ilgari Maison Margiela va The Row bilan hamkorlik qilgan dizayner Sofia Menasse bilan birgalikda ilk to‘plamni yaratdi. Unga toplar, sviterlar, paltolar, tor va to‘g‘ri bichimli yubkalar hamda ko‘ylaklar kirgan. Brend mahsulotlari Goop veb-sayti va do‘konlarida taqdim etiladi. Gwyneth savdo belgisining kelajagini Ralph Lauren ruhida, ya’ni  shunchaki garderob deb emas, balki yaxlit hayot tarzi sifatida tasavvur qilmoqda. Rasmiy ochilish 21-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles