Demnaning Gucci‘dagi debyuti

Namoyish o‘rniga — lookbook va film

23 Sen 2025
Foto: Instagram / Gucci

To‘plam 24-sentyabr kuni podiumsiz, lookbook va Spike Jonze hamda Halina Reijnning "The Tiger" qisqa metrajli filmi orqali namoyish etiladi. Mahsulotlar ham shu kuni sotuvga chiqariladi. To‘plam Gucci‘ning o‘ziga xos elementlarini - GG monogrammasi, Flora naqshi va bambuk sumkalarini o‘z ichiga oladi. Har bir obraz Demna "La Famiglia" deb atagan xayoliy qahramonlar orqali taqdim etiladi. La Vip - shoyi ko‘ylak va yubka kiygan shartli mashhur shaxs, La Contessa - to‘q rangli gulli ko‘ylak kiygan zodagon ayol,  La Ragazza - mini yubka va vodolazka kiygan yosh qiz,  La Gallerista - qora kostyum va shoyi bluzka kiygan art-kurator. Erkaklarga mo‘ljallangan liboslar qatorida - keng jinsi shimlar, palto, horsebit detallariga ega baykerlar kurtkasi ham kiradi. Demna mazkur to‘plamni "ilk qadam" deb ataydi va fevral oyiga to‘liq namoyish tayyorlayotganini ma’lum qiladi. Florensiyadagi Gucci arxivlarini o‘rganib chiqqan Demna brend tarixidan ilhomlanib, uning vizual kodini qayta talqin qilishga qaror qildi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles