Zara uchun Disney to‘plami
Aw Gee! Wow

Stilist Harry Lambert London moda haftaligi doirasida Selfridges Corner Shop‘dagi pop-up maydonida Aw Gee! Wow mini to‘plamini namoyish etadi. Kolleksiyaning Zara do‘konlaridagi va online platformalardagi rasmiy savdosi 26-sentyabrda boshlanadi. Pop-up maydoni bo‘lsa 2-oktyabrgacha faoliyat ko‘rsatadi.
To‘plam Disney qahramonlari - Mickey, Minnie, Donald, Daisy va Plutodan ilhomlanib yaratilgan. Undan Mickey Mouse shaklidagi loferlar, Minniening ko‘ylagi tasvirlangan sviterlar, sun’iy mo‘ynadan tikilgan kurtkalar hamda Mickey, Minnie, Donald va Pluto tasvirlari tushirilgan vintaj futbolkalar o‘rin olgan. Lambert oilaviy kiyim to‘plamlarini yaratish uchun ilk bor kattalar qiyofalarini takrorlovchi bolalar liboslarini ishlab chiqdi.