Louis Vuitton Art Deco’ni taqdim etadi

Uslubning 100 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma

27 Sen 2025
Foto: louisvuitton.com

Louis Vuitton Art Deco yuz yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmani ochdi. Parijdagi LV Dream makonida 300 dan ortiq arxiv buyumlari taqdim etildi: chamadonlar, safar to‘plamlari va ular orasida Jeanne Lanvin, Paul Poiret, Igor Stravinsky hamda Ignacy Paderewskiga tegishli buyumlar bor. Alohida bo‘lim brend asoschisining nabirasi Gaston-Louis Vuittonga bag‘ishlangan. U 1925-yilda Xalqaro dekorativ san’at ko‘rgazmasida brendni taqdim etgan edi.

Ekspozitsiya sakkizta zaldan iborat bo‘lib: 1925-yilgi stendning qayta tiklangan ko‘rinishi, vitrinalar, materiallar, reklama eskizlari hamda hamda Marc Jacobs, Nicolas Ghesquière, Pharrell Williams va Kim Jonesning zamonaviy ishlarini o‘z ichiga oladi.

Ko‘rgazma o‘z ishini 22-oktyabrgacha davom ettiradi. Ba’zi eksponatlar Dekorativ san’at muzeyining yubiley loyihasiga ham kiritiladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles