New Balance va Sézane

471 qo‘shma modeli

29 Sen 2025
Foto: Instagram / sezane

Fransuz brendi Sézane va New Balance ilk kollaboratsiyasini —  471 krossovkasining yangi talqindagi modelini taqdim etdi. Kuz palitrasidagi mazkur model jigarrang baxmalsimon charmdan tayyorlanib, ishlov berilmagan charmdan yasalgan N logotipi, qum rangidagi zich paxta matosidan ishlangan yuqori qismi va to‘q ko‘k rangdagi tagcharmdan iborat. Krossovkalar 16-oktyabrdan sotuvga chiqariladi. Ushbu hamkorlik xalqaro brendlar bilan birgalikda yaratilgan mini to‘plamlardan iborat Sézane Editions yo‘nalishining bir qismiga aylandi.


Maqolani baham ko'ring

Related articles