Olmoslar va Billie Eilish
John Hardy “Lovestruck” to‘plamini taqdim etdi

John Hardy zargarlik brendi o‘zining 50 yilligini laboratoriyada yetishtirilgan olmoslardan iborat ilk “Lovestruck” to‘plamini taqdim etish ila nishonlamoqda. Loyiha ijodiy hamkorlari sifatida Billie Eilish va Finneas O‘Connell ishtirok etmoqda.
To‘plam brendga xos to‘rt xil qirralash uslubidagi olmoslarni o‘z ichiga oladi. Barcha zebu-ziynatlar qayta ishlangan qimmatbaho metallardan 100% qayta tiklanadigan quvvatda ishlaydigan ishlab chiqarish maydonida yaratilgan. Brend kreativ raisining so‘zlariga ko‘ra, maqsad — brilliantlarni hamyonbop va ekologik material sifatida qayta talqin qilish.
Eilish va O‘Connell loyihaning xayriya qismida ham faol qatnashmoqda: tushumning bir qismi ularning Support+Feed jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Jamg‘arma o‘simliklar asosidagi taomlanishni targ‘ib qilish va iqlim inqiroziga qarshi kurashish bilan shug‘ullanib keladi.
To‘plam brendning rasmiy saytida va butiklarida sotuvga chiqarilgan.