Toza fikrlar

Yozda skrabni qanday qoʻllash kerak?

19 Iyul 2024
Foto: Unsplash, Engin Akyurt

Yangi narsaga oʻrin berish uchun, eskisidan voz kechish kerak! Skrablar va pilinglar tanadagi hujayralarni yangilashda hamda tana terisini oftobda toblanish jarayoniga toʻgʻri tayyorlashda yordam beradi.

Yozda skrablarni faol ravishda qoʻllab bo‘lmaydi. Bu vositalar uchun issiq mavsum unchalik mos emas. Chunki tana-terimizga busiz ham quyoshning tik nurlari bevosita taʼsir qilib turadi. Shunga qaramay, koʻpchiligimiz ularni ayni yoz faslida ishlatamiz, axir silliq va tozalangan tana terisi oftobda mukammal darajada toblanadi.

Xo‘sh, qanday qilib barchasini toʻgʻri bajarish mumkin?

Foto: Pexels

Go‘zallik saloni muolajalariga e’tibor qaratishni tavsiya etamiz. Kosmetolog sizga allergiya va qizarishning oldini olgan holda, ayni sizga mos keladigan vositalar hamda parvarish turlarini tanlab beradi. Biz kofelik skrabni tavsiya qilamiz. Tetiklantiruvchi ifordan tashqari, uning ustunligi tabiiyligida. U hatto juda ta’sirchan tana terisi egalari uchun ham mos keladi. Ushbu muolajalar, SPA-salonlarda boʻlib oʻtadi, ammo bunday skrabni uy sharoitida ham tayyorlasa boʻladi.

Mahsulotni tanlashda tarkibi va xususiyatlariga e’tibor bering – issiq mavsum uchun eng nozik mahsulotlarni tanlash yaxshidir (masalan, June Jacobsning dolchinli antioksidant piling-niqobi yoki Alpeor brendining "Yorqinlik va noziklik" nomli bambuk va lichi (uzun bo‘yli doimiy yashil daraxt) zarrali  yengil geli).

Salonlardagi terini chuqur tozalash muolajalari hamda kislotali pilinglar yoz mavsumida tavsiya qilinmaydi. Bunday usullarning barchasi oʻziga yarasha ijobiy va samarali xususiyatlarga ega. Ammo bu kabi muolajalarni tana terisi faol quyosh va shamol taʼsiriga ko‘p uchramaydigan paytga, ya’ni kech kuz hamda ilk bahor mavsumlariga qoldirgan afzal.

Foto: Pexels

Oʻrikning maydalangan danaklaridan tarkib topgan vositalardan ehtiyot boʻling. Ular juda mashhur, ammo ta’sirchan tana terisi uchun toʻgʻri kelmasligi mumkin. Xuddi shunday xususiyatga tuzli skrablar ham ega (asosan, ularning tarkibida dengiz tuzi mavjud) – bu yerda barchasi shaxsiy oʻtkazuvchanlikka bogʻliq, ammo tuzli skrablar yetarlicha qattiq.

Yoz uchun eng qulay tozalov vositalari – bu shakarli skrablar. Ular tuzli skrablarga qaraganda nisbatan yumshoqroq. Ular ham tana terisiga zarar yetkazmay va hujayralarning ish faoliyatini normallashtirgan holda, terini chuqur tozalaydi. Ularni muntazam ravishda, dush va vanna qabul qilayotgan paytda ishlatsa boʻladi.

Dush uchun qayinli Weleda gel-peelingi terining o‘lik hujayralarini nozik tarzda yo‘q qiladi: uning tarkibida eng kichik abraziv granulalar bilan birgalikda tabiiy shakar tenzidlari mavjud bo‘lib, ular terini yumshoq va ayni paytda chuqur tozalash xususiyatiga ega.

Agarda siz dengiz sayohatiga otlanayotgan boʻlsangiz, oldindan tayyorgarlik koʻrishga harakat qiling, skrablardan plyajga chiqishingizdan bir-ikki kun oldin foydalaning. Shunday qilib, siz teringizni yaxshi tozalab, unga silliqlik, mayinlik hamda ideal darajada oftobda toblanishni tuhfa eta olasiz.

Maqolani baham ko'ring

Related articles