Yoz, quyosh, dengiz, plyaj

Oftobda maza qilib toblanamiz: chiroyli va xavfsiz

23 Iyul 2024
Foto: Unsplash
Foto: Unsplash

SPF (Sun Protection Factor) – bu siz tomondan tanlangan kosmetik vosita bo‘lib, u sizga ultrabinafsha nurlaridan himoya qilish darajasini beradi. Bu esa quyoshda qancha qolish xavfsizligini aniqlaydi. Odatda, SPF darajasi 10 dan 50 gacha bo‘lgan ko‘rsatkichlarda o‘zgarib turadi. Kosmetik vositadagi bu ko‘rsatkich qanchalik katta bo‘lsa, quyoshdan himoya darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.

Vaqt va joy

Shaharda, siz uyingiz yoki ofisingiz orasidagi manzilda quyoshda bo‘lganingizda, tashqi muhitdan terini himoya qiluvchi krem yoki SPF-faktor tonal vositasini ishlatishingizning o‘zi yetarli bo‘ladi.

Dengizda dam olish uchun maxsus quyoshdan himoyalovchi kosmetikani tanlash kerak. Ular surtilgandan keyin darhol ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Bunday mahsulotlar quyoshga chidamli bo‘lib, teringizni kun davomida himoya bilan ta’minlaydi. Terida muammoli joylar yoki xollar bo‘lsa, u holda maxsus suv o‘tkazmaydigan yuqori SPF-faktor vositasini (Vichy da bor) xarid qiling. Kechqurun teri tozalangandan so‘ng, namlantiruvchi maska qo‘yish tavsiya etiladi.

“Himoyachilar”ni tanlaymiz

SPF vositasini tanlashda bir nechta omillarni hisobga olish zarur. Birinchisi – fototip (yuz tuzilishi, ular to‘rtta). Oq tanli qoramag‘izlar, nozik sariq sochlilar va qizil sochli qizlarimiz uchun (50+) eng yuqori himoya vositasi (yaxshilari Shiseidoda bor) kerak bo‘ladi. Ikkinchisi bu – geografiya va iqlim. Issiq O‘zbekiston, BAA va Atlantika okeanining salqin qirg‘oqlari turli xil himoyachilarni talab etadi. Uchinchisi, eng muhimi, qum va suvning borligi, chunki ular sanskrin ta’sirini kamaytiradi. Mahsulot mexanik ta’sirdan o‘chiriladi va dengiz suvi bilan yuviladi. Kosmetologlar har dengizga tushib chiqqandan keyin, vositani qo‘llashni tavsiya etishadi.

Foto: Unsplash

Foto: Unsplash

Unumli vaqt

Bunday vositalarni xarid qilayotganda, yaxshisi, tarkibida parvarish xususiyati bor mahsulotlarni tanlashingiz lozim. Axir quyoshda bo‘lish teri uchun stres bo‘lib, uni vitaminlar, antioksidantlar va yumshoq o‘simlik ekstraktlari bilan oziqlantirish mumkin. Eng yaxshi vositalarni Dior va Lancasterdan topishingiz mumkin.

Faqat sinalgan Yevropa ittifoqi, AQSH, Isroil, va Avstraliyada ishlab chiqarilgan va tasdiqdan o‘tgan kompaniya mahsulotlarini olishga harakat qiling. Sababi, bu kompaniyalarda kosmetikada SPF darajasining nazorati aniq kuzatiladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles