Zamonaviy ittifoq: etik va ko‘ylaklar

Ularni qanday qilib bekam-u ko‘st birlashtirish mumkin

23 Yan 2025
foto: SPOTLIGHT/Gucci

Modadagi kontrastlar mavsumi avjiga chiqqan paytda, ajoyib etiklar bilan uyg‘unlashgan ko‘ylaklar uning asosiy trendlaridan biriga aylandi. Bu zamonaviy juftlik allaqachon odatiy uyg‘unliklardan tashqariga chiqib, ayollik va jasoratning yangi qirralarini namoyon etmoqda. Trikotajdan to shifongacha, klassik uzun qo‘njli etikdan to qo‘pol harbiy etiklargacha – uyg‘unliklarning xilma-xilligi tajribalar o‘tkazish va o‘zingizning ideal qiyofangizni topish imkonini beradi.

Yovvoyi G‘arb

Boxo uslubidagi ko‘ylaklarni nafaqat kolleksiyalar ko‘rgazmalarini to‘ldirib yuborgani uchun, balki o‘tgan yili hamma sevib qolgan “office core” bilan almashgan “rodeo core” erasi tufayli ham 2025-yilning “must-have”i deb hisoblash mumkin. Hashamatli volan va shokilali yangi ko‘ylakni tanlashda kovboy kazaklari yoki o‘tkir tumshuqli poshnali etiklarga e’tibor bering. Aynan shunday tandem har bir kovboy qizning arsenalida asos o‘rinni egalladi.

foto: SPOTLIGHT/Isabel Marant

Bazmga ham, olamga ham

Bir-birini uzluksiz almashinib turadigan tendensiyalardan qat’iy nazar, trikotaj ko‘ylaklar qishki asosiy kiyim sifatida o‘z o‘rnini saqlab qolmoqda. Buning ajablanarli joyi yo‘q: bel qismi qisilgan g‘ilof ko‘ylak yoki sviter-ko‘ylak etiklar bilan oson uyg‘unlashadi va har qanday garderobga mos keladi. Uslublash uchun ko‘plab variantlar mavjud, ammo eng klassik juftliklar quyidagicha bo‘ladi: to‘g‘ri bichimli midi ko‘ylak va bezaksiz hamda baland poshnasiz to‘g‘ri qo‘njli, deyarli etak chizig‘igacha yetib boradigan ridinglar, shuningdek, baland botfortlar bilan uyg‘unlashgan sviter-ko‘ylak.

foto: SPOTLIGHT/Prada

Shine bright

Glitter va payetkalar kundalik obrazlarga kirib kelib, ular faqat bayramlarda o‘rinli degan qoliplarni buzib tashladi. Yarqiroq ko‘ylak va keng qo‘njli, past poshnali tizzagacha etik juftligi, shubhasiz, bu qishda o‘ziga rom etmay qo‘ymaydigan ideal kombinatsiya hisoblanadi.

foto: SPOTLIGHT/Gucci

Romantik outdoor

To‘rllar bilan bezatilgan ichki kiyim uslubidagi ko‘ylak yangi mavsumda ham o‘z o‘rnini mustahkamlagan asos hisoblanadi. Uni kiyish uchun issiq ob-havoni kutish shart emas. Aksincha, qarama-qarshiliklardan foydalanib, noziklikka granj qo‘shish mumkin. Buning uchun sport kurtkasi, qalin tagcharmli qo‘pol botinkalar yoki poshnali etiklar bilan libosni to‘ldirib, yangicha ko‘rinish yaratishingiz mumkin.

foto: SPOTLIGHT/Moschino

Maqolani baham ko'ring

Related articles