Bayramona soch turmaklash uchun aksessuarlar

So‘nggi chizgilar bilan bezab

30 Dek 2024
Foto: SPOTLIGHT/Valentino

Bayram soch turmagi alohida e’tiborni talab etadi. U nafaqat zamonaviy bo‘lishi, balki umumiy ko‘rinish bilan hamohang bo‘lishi lozim. Bunda soch turmagiga mukammallik baxsh etuvchi aksessuarlar muhim ahamiyatga ega. ELLE bir nechta variantlarni jamladi:

Bantlar

Oddiy, lekin ko‘zga tashlanadigan aksessuar bir xil rangdagi jozibada ortiqcha bezaklarsiz ham sodda va minimalistik, ham bayramona ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Payetka, tosh, marvarid yoki boshqa ifodali elementlar bilan bezatilgan modellarga e’tibor bering.

Foto: SPOTLIGHT

Jilvakor to‘g‘nag‘ichlar

Ular nafaqat bayram mavsumida, balki kundalik uslublarda ham ommalashgan. Agar yuzdan sochlarni olib tashlash yoki yig‘ilgan soch turmagini to‘ldirishni xohlasangiz, dekorativ bezakli ixcham soch qisqichlar yordam beradi.

Foto: SPOTLIGHT

Foto: SPOTLIGHT

Obodoklar

Bu har qanday ko‘rinishni o‘zgartirishga qodir bo‘lgan universal aksessuardir. Ayollarga xos mayin qiyofa hosil qilish uchun yorqin yoki to‘qimali elementlarga ega obodoklarga e’tibor berish kerak. Bunday modellar baland silliq soch turmagiga qo‘shimcha bo‘lib, klassik soch turmagi uchun ham, zamonaviy soch turmagini yaratish tajribalari uchun ham mukammal tanlov bo‘ladi.

Foto: SPOTLIGHT

Dekorli rezinkalar

Aksentli rezinkalar nafaqat soch turmagini mahkamlashda bebaho yordamchi bo‘ladi, balki har qanday ko‘rinishni uyg‘un ravishda to‘ldiradigan yorqin elementga ham aylanadi.

Foto: SPOTLIGHT

Nozik zanjirlar

Sirli va nozik obraz yaratish uchun sochlarga minimalistik zanjirlarni o‘rang. Bunday usul soch turmakingizga g‘ayrioddiylik, zamonaviy ohang baxsh etadi va yakuniy shtrix bo‘lib xizmat qiladi.

Gavhar va marvaridkar

Sochga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yopishtirish mumkin bo‘lgan strazlar va marvaridlarga e’tibor bering. Ular sochga maxsus yelim yoki termoaplikatorlar yordamida osonlik bilan mahkamlanadi va sochlarga zarar yetkazmaydi. Eng muhimi, bu tarqoq sochlar uchun ham, yig‘ilgan soch turmaklari uchun ham mos keladigan universal aksessuardir.

Foto: SPOTLIGHT

Ushbu aksessuarlarning barchasi o‘ziga xoslikni aks ettirishga imkon beradi va bayramni yanada yorqin qiladi. Shuni yodda tutish kerakki, ular obrazga uyg‘un ravishda mos kelishi, uni mukammal va takrorlanmas qilishi muhimdir.

Maqolani baham ko'ring

Related articles