Mursak: An’ananing kuchi
Biz kiyimni noldan yaratmaymiz.
Biz bizdan ancha avval boshlangan ishni davom ettiramiz.
Ikat — shunchaki mato emas. U Markaziy Osiyo madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lib, unda hunarmandchilik, ramziylik va vaqt bir-biriga qorishib ketgan. Har bir naqshda zamon nafasi bor.
Har bir ikat qayta yozib bo‘lmaydigan, ammo asrab-avaylash mumkin bo‘lgan hikoyani o‘zida saqlaydi. Bu — qo‘llar xotirasi, avlodlar yo‘li, e’tibor talab qilmaydigan, ammo his qilinadigan madaniyat.
Tarix o‘tmishda erib ketib, faqat xotiraga aylanib qolmasligi kerak. U yashashi kerak — harakatda, shaklda, insonda.
Shu bois biz uni ma’nosini yo‘qotmasdan va ildizlariga ziyon yetkazmasdan, ehtiyotkorlik bilan bugungi kunga olib o‘tamiz va unga yangi hayot beramiz. Biz uchun bu trend ham, shunchaki estetika ham emas.
Bu — o‘z madaniyatimizni asrash va uning nomidan so‘zlash mas’uliyati hamda sharafidir. Har bir chiziq — usta izidir. Har bir motiv — avlodlar xotirasi.
Biz bu shakllarga o‘tmish sifatida emas, balki yangilik uchun tirik asos sifatida murojaat qilamiz.
Men ushbu kolleksiyani onamga bag‘ishlayman. Bolaligimizda u biz — to‘rt opa-singil uchun yupqa ipakdan bir xil, nihoyatda chiroyli ko‘ylaklar tikib berardi. Ilohim, joylari jannatda bo‘lsin.
Men ikat va so‘zana bilan ishlayman — bu mashaqqatli qo‘l mehnati: hunarmand ayollar soatlab dastgoh ortida o‘tirib, matoga mehr va qalbini singdiradilar. Milliy meros hech qachon modadan qolmaydi. Tabiiy ipak va paxta nafas oladi, bu buyumlar avlodlarga xizmat qiladi va oilaviy merosga aylanadi.
Men o‘zbek ekanimdan faxrlanaman va bu an’anani asrab-avaylay olayotganimdan g‘ururlanaman — farzandlarimiz va boshqa insonlar uni kiyishi, qadrlashi va keyingi avlodlarga yetkazishi uchun. Kolleksiya turli kombinatsiyalar uchun o‘ylangan: uni har xil usulda, har kuni ham, maxsus kunlarda ham kiyish mumkin.
Mursak — bu zamonlar o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘lib, uni his qilish va avloddan avlodga yetkazish mumkin.











Designer: Нилуфар Абдувалиева
Brand: Mursak
Photographer: Асаль Джураева
Videographer: Шоира Хакимова
Creative director / Stylist: Наргиза Айупова
Model: Даша Абдулова
Hair & Makeup artist: Джанин Салихова
Gaffer: Тимур Азим
Second cameraman: Айубхон Кадиров