AI san’atining ilk auksion savdosi

Rassomlar sun’iy intellektga qarshi

Foto: INSTAGRAM / CHRISTIESINC

Christie’s auksioni bir necha o‘n yillar davomida san’at va texnologiyalar taraqqiyotini kuzatib, sun’iy intellekt davrida inson aralashuvining ahamiyatini o‘rganmoqda. 20 ta lotning sotuvidan 600 000 dollar daromad kutilmoqda. Ular orasida sun’iy intellektdan foydalangan holda san’at yaratishning dastlabki peshqadamlaridan biri Garold Koen hamda yangi texnologiyalar bilan tajriba o‘tkazayotgan bir qator zamonaviy rassomlar: Refik Anadol, Pindar Van Arman, Sasha Staylz, Xolli Xerdon va Mat Drayxerstning asarlari bor.

Rassomlar bunga nisbatan salbiy munosabat bildirib, tadbirni bekor qilishni so‘rab minglab xatlar yo‘llashgan. Christie’s’ning raqamli san’at bo‘yicha mutaxassislariga yo‘llangan ochiq xatga allaqachon 4000 kishi imzo qo‘ygan. Ular orasida mualliflik huquqini buzganlik uchun texnologiya kompaniyalariga qarshi jamoaviy da’vo qo‘zg‘atgan rassomlar Karla Ortis va Kelli MakKernan ham bor.

Rassomlarning sun’iy intellektga qarshi asosiy g‘oyasi mualliflik huquqlarini saqlash va mavjud san’at asarlaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini olishdir.

 

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles