Aleks Konsani Mango bayram kampaniyasining bosh qahramoniga aylandi
Nadya Li Koen model ishtirokida sirli mehmonxonadagi bazm haqida kino ruhidagi hikoyani yaratdi.
Mango Aleks Konsani ishtirokidagi Last Night — Premium Party Collection bayram kampaniyasini taqdim etdi. Vizual hikoya muallifi britaniyalik rassom va rejissyor Nadya Li Koen bo‘ldi.
Voqealar vintaj interyerli sirli mehmonxonada kechadi. Konsani xonadan xonaga o‘tib, turli obrazlarni sinab ko‘radi va bazm mehmonlari bilan uchrashadi. Ular orasida Karin Roytfeld, Dri Xeminguey va aktyor Garri Hemlin ham bor.
Kolleksiya markazida Gollivud ruhidagi oqshom liboslari turadi. Animalistik printlar, ifodali fakturalar, yaltiroq mini ko‘ylaklar va yelkaga urg‘u berilgan siluetlar 1980-yillar jozibasini eslatadi. Retro soch turmagi va qizil lab bo‘yog‘i Konsani obrazini to‘ldiradi.
Kolleksiya 3-noyabrdan Mango do‘konlarida va onlayn sotuvga chiqdi.