Alexander Wang
A dan Z gacha Urbanist moda ustasining tarjimai holi
![](https://elleuzbekistan.com/wp-content/uploads/2024/12/Dizajn-bez-nazvaniya-3-2.png)
A - Alexander Wang — butun dunyoga mashhur amerikalik libos dizayneri. Brendning o‘ziga xosligi zamonaviy moda va granj ko‘cha uslubining uyg‘unligidan iborat.
![](https://elleuzbekistan.com/wp-content/uploads/2024/12/Alexander-Wang-bks-S18-001.jpg)
foto: Spotlight
B - Balenciaga — 2012-yildan 2015-yilgacha Aleksandr brendning kreativ direktori bo‘lgan.
C - CFDA Fashion Awards — 2008-yilda u Moda dizaynerlari kengashi tomonidan moda sanoatiga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlangan.
![](https://elleuzbekistan.com/wp-content/uploads/2024/12/Alexander-Wang-F18-132.jpg)
foto: Spotlight
D - DoSomething —yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy o‘zgarishlarni rag‘batlantirish tashkiloti, dizayner tomonidan mashhur shaxslar portretlari tushirilgan futbolkalar maxsus kolleksiyasini ishlab chiqarish orqali qo‘llab-quvvatlandi.
E - E-bay — Alexander Wangga ulkan muvaffaqiyat keltirgan hodisalardan biri. Alexander Wang H&M bilan hamkorlikda kolleksiya yaratganda, to‘plamning aksariyat qismi ilk soatlardayoq sotib olingan, so‘ngra E-bay saytida katta ustama narx bilan qayta sotuvga qo‘yilgan. Bu yulduzli hamkorlik atrofida anchagina shov-shuv keltirib chiqardi.
F - Diane Von Furstenberg Aleksandrni o‘qish paytida payqagan birinchi odam edi. Furstenberg unga o‘zining modalar uyida ishlashni taklif qildi, ammo yosh dizayner o‘z kiyim brendini yaratish uchun rad etdi.
![](https://elleuzbekistan.com/wp-content/uploads/2024/12/Alexander-Wang-S18-065.jpg)
foto: Spotlight
G - 2011-yilda “GQ” Aleksandrni eng yaxshi aksessuar dizayneri deb tan oldi
H - 2014-yilda Alexander Wang va H&M brendi ommaviy marketing olamidagi eng yorqin voqealardan biriga aylangan hamkorlikni yaratdilar.
I - industrial vibe — ko‘pincha Alexander Wang uslubini shunday atashadi.
![](https://elleuzbekistan.com/wp-content/uploads/2024/12/Alexander-Wang-bag-F18-029.jpg)
foto: Spotlight
J - Jeans by Alexander Wang — noyob bichim va yuqori sifatli materiallar tufayli brendning eng mashhur liniyalaridan biri.
K - Klein Steven brendining jinsi kiyimlari liniyasi uchun ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan provokatsion fotosessiyani suratga oldi.
L - Linda Farrow — Alexander Wang bilan hamkorlikda quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaklar liniyasini yaratgan brend.
M - 2019-yilda McDonalds bilan birgalikda aksessuarlar to‘plami ishlab chiqarildi.
N - dizayner o‘zining birinchi kolleksiyasini 2007-yilda Nyu-York moda haftaligida taqdim etdi.
O - 2016-yilda Adidas Originals sport kiyimlari brendi bilan doimiy qo‘shma liniya ishga tushirildi.
![](https://elleuzbekistan.com/wp-content/uploads/2024/12/Alexander-Wang-jck-S18-007.jpg)
foto: Spotlight
P - Parson’s Design School — Aleksandr o‘qigan, ammo ish yuklamasi tufayli o‘qishni tashlagan dizayn maktabi.
Q - quintessential urban aesthetic — jahon poytaxtlarining trendsetterlar tomonidan juda sevib kiyiladigan Alexander Wang kiyimlarini zamonaviy ommaviy axborot vositalari shunday deb ataydilar.
![](https://elleuzbekistan.com/wp-content/uploads/2024/12/Alexander-Wang-F18-006.jpg)
foto: Spotlight
R - Rocco Duffel — 95 ta tikan bilan o‘ralgan sumkaning eng mashhur modeli.
S - Saint Martin’s College — u yerda Aleksandr yozgi stajirovkadan o‘tgan, bu vaqt ichida u akasining qaylig‘i uchun 37 ta to‘y libosi modelini yaratgan.
T - T by Alexander Wang — brend futbolkalar turkumi.
U - birinchi yirik hamkorliklardan biri 2008-yilda Uniqlo brendi bilan hamkorlik qilgan.
V - Vena Cava 2009-yilda GAP brendi uchun qo‘shma cheklangan kiyim liniyasini yaratishni taklif qildi.
W - Wasson Erin - model, do‘st va dizaynerning g‘oyaviy ilhomparisi.
X - Xiaopei Wang — dizaynerning onasi uning shakllanishida eng muhim rolni o‘ynagan. U o‘smirlik paytidayoq unga birinchi tikuv mashinasini sovg‘a qilgan, brendga asos solgandan so‘ng esa kompaniya boshqaruvchisi Aleksandr Vang bo‘lgan.
Y - Yang Mi — xitoylik aktrisa brendning global ambassadoriga aylanib, uning Osiyo modalar dunyosiga aloqadorligini va dizaynerning kelib chiqishini anglatadi.
Z - Zero Waste tamoyillari dizayner o‘z to‘plamlarining aksariyatida amal qiladi, bu ongli modaning namunasidir.
![](https://elleuzbekistan.com/wp-content/uploads/2024/12/Alexander-Wang-Collection-1-S19-117.jpg)
foto: Spotlight