Andrea Bochelli Samarqandda konsert beradi

Xonanda Registondagi maydonda chiqish qiladi

Foto: O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

Samarqandliklarni kuzning eng yorqin voqealaridan biri – Andrea Bochellining Registon maydonidagi ulkan konserti kutmoqda. Birinchi sentyabr kuni zamonamizning buyuk tenori ilk bor dunyoning eng go‘zal sahnalaridan birida o‘z san’atini namoyish etadi. Ijodkor o‘z faoliyati davomida 90 milliondan ortiq albomlarini sotgan, 6 marta Grammy va 6 marta Latin Grammy Awards mukofotlariga nomzod bo‘lgan.

Ushbu oqshomda Bochelli, maxsus mehmon Aida Garifullina, O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri va xor jamoalari ijrosida jahon klassikasining sara asarlari hamda mashhur xit qo‘shiqlar yangraydі.

Tadbir Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida uyushtirilmoqda.

Maqolani baham ko'ring

Related articles