2024-yil kuzida urfdagi animalistik printlar

Erkin vaqt haqidagi fikrlar

17 Okt 2024
Photo: SPOTLIGHT

Kopengagendagi moda haftaligida sigirning dog‘li printiga ommaviy qiziqish paydo bo‘ldi – bunday tendensiya qoplon rangini o‘rnini bosib, mutlaqo yangi va qiziqarli trend taasurotini yaratdi.

Streetstyle mehmonlari obrazlarga bunday print bilan kichik teksturali sumkalar, an’anaviy va ixcham kurtkalar, yubkalar va poyabzallarni uyg‘unlashtirishdi. Ulardan o‘rnak olgan boshqa blogerlar ham bu tendensiyani tezda o‘zlashtirishdi. Sigir printi elementlariga ega tasvirlar ta’sirchan bo‘lib chiqadi – ular kayfiyatni ko‘taradi va tog‘lar, qishloqlar yaqinidagi o‘tloqlar-u yaylovlarning betashvish muhitini eslatadi.

Sigir bosmasi garderobning xilma-xilligi uchun ajoyib muqobil bo‘ladi. Jigarrang-sarg‘ish rangga ko‘proq e’tibor qarating. Obraz yorqinlik kasb etishi uchun uning urg‘usiga aylanadigan biror detal: sun’iy mo‘yna bilan qoplangan sumka, klassik jinsi shim-u havorang ko‘ylak, zamsha pidjak, jiddiy kostyum va xotirjam tusdagi ko‘ylaklarga to‘xtalish lozim. Shuningdek, kazaklar, baletlar yoki logerlar ham ko‘zga yaxshi tashlanadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles