Armani Privé marvaridlari: kuz-qish 2024 mavsumi uchun kutyur kolleksiyasi
89 ta oqshom ko‘rinishini taqdim etdi
Armani Privé taqdimoti Parijdagi kutyur moda haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi. Podiumda 89 ta oqshom ko‘rinishi taqdim etildi. Ko‘rgazmani turli uslubdagi mukammal tikilgan kurtkalar ochib berdi. Ularning ba’zilari qisqaroq uzunlikda taqdim etildi, boshqalarida esa tirsakkacha bo‘lgan yenglar (three quarter sleeves) bor edi, lekin Armani Privé’ning hamma liboslarini birlashtiruvchi bir element bu ularning har biri marvarid bilan bezalgani bo‘ldi, va yelkalari esa yorqin elementlar bilan to‘ldirilgani alohida ajralib turdi.
Obrazlar marvarid rangi bilan uyg‘unlashib ketgan marvarid shimlari bilan to‘ldirildi – ular Giorgio Armani uchun ilhom manbai sanaladi. Donolik va poklik ramzi bo‘lgan marvarid baxmal beretlarga ko‘rk berdi. Marvaridlar tashqi ko‘rinish va aksessuarlarga yorqin qo‘shimchalar bo‘la oldi. Armani yarim shaffof uzun yengli toplar (long-sleeve tops), etagi uzun ko‘ylaklar va kurtkalarning yelkalariga bir necha qator marjonlarni osib qo‘yishga qaror qildi.
Giorgio Armani 90-shousini yakunlab, podiumda ikki model bilan birga chiqdi. Ularning liboslari butunlay marvariddan yasalgan baliq to‘riga o‘xshardi. 11-iyul kuni u o‘zining 90 yoshini nishonlaydi.