Bahor mavsumi uchun dolzarb SPF vositalari
Oltita ishonchli tanlov

Bahor kelishi bilan otob yaxshigina qizdirb boshlaydi, natijada quyoshdan himoyalanish vositalariga bo‘lgan ehtiyoj ortadi. Ultrabinafsha nurlar bulutli kunlarda ham bulutlar orasidan o‘tib, teri fotoqarishini, quruqligini, pigmentatsiyasini va hatto jiddiy sog‘liq muammolarini muqarrar ravishda keltirib chiqaradi. Shu sababli biz sizning izlanishlaringizni osonlashtirish maqsadida bahor uchun eng mashhur quyoshdan himoyalovchi mahsulotlar to‘plamini tayyorladik.
La Roche-Posay Anthelios UVMune 400
Format: Flyuid, o‘ta yengil tuzilma
Himoya: SPF 50+ PA++++
Xususiyatlari: Suvga chidamli, barcha teri turlari, hatto sezgir va quyoshga allergiyasi borlar uchun ham mos
La Roche-Posay flyuidi quyosh nurlaridan himoyalanish uchun eng yaxshi vositalardan biridir. Uning tarkibida patentlangan Mexoryl 400 filtr texnologiyasi mavjud bo‘lib, u hatto eng kuchli UVA nurlarini ham to‘sadi. Brendning asosiy ustunligi shundaki, liniya 4 xil vositadan iborat: barcha teri turlari uchun, yog‘li, quruq va tus beruvchi flyuid uchun. Shu tufayli har kim o‘ziga mos ideal mahsulotni topa oladi.
Bioderma Cicabio
Format: Yuz va tana uchun krem
Himoya: SPF 50+
Xususiyatlari: Barcha turdagi teri uchun tiklovchi, namlovchi, quyoshdan himoyalovchi
Yilning quyoshli davrida nafaqat yuz terisini, balki butun tanani ham parvarish qilish muhim. Buning uchun biz Bioderma brendiga va ularning quyoshdan himoyalovchi kremiga e’tibor qaratishni tavsiya qilamiz. Ushbu krem patentlangan Optimal Repaired kompleksi yordamida terini tiklaydi. U epidermisni qayta tiklashga, giperpigmentatsiyaning oldini olishga yordam beradi hamda terini tekislash va yumshatish orqali chandiqlarni yo‘qotishga ko‘maklashadi.
SKIN1004 Madagascar Centella Hyalu-Cica Silky-Fit Sun Stick
Format: Yuz va tana uchun stik
Himoya: SPF50+ PA++++
Xususiyatlari: Quyoshdan yuqori darajada himoya, yallig‘lanishga qarshi va namlovchi ta’sirga ega
2024-yilning eng mashhur yangiligi – nafaqat o‘zi bilan olib yurishga qulay, balki kun davomida pardoz ustidan gigiyenik tarzda qo‘llash mumkin bo‘lgan SPF stiklaridir. Eng ommalashgan turlaridan biri Madagaskar Centella qalamchasi bo‘lib, tarkibidagi Osiyo sentellasi ekstrakti va gialuron kislotasi tufayli terini samarali namlaydi.
Aravia Tinted moisture protection SPF 50
Format: Namlovchi ta’sirga ega tonal krem
Himoya: SPF 50 UVA+UVB
Xususiyatlari: Kosmetologik muolajaning yakuniy bosqichi, shuningdek shahar sharoitida va plyajlarda kundalik foydalanish uchun.
Yengil pardoz ixlosmandlari uchun tonal asos o‘rnini bosa oladigan ideal tejamkor vosita. Kremning muvozanatlangan tarkibi, pigmentlar mavjudligi tufayli, barcha teri turlariga moslasha oladigan yengil tonal bilan ta’minlaydi hamda yangi va bir xil tus beradi.
Beauty of Joseon Relief Sun SPF 50+ PA++++
Format: Tinchlantiruvchi ta’sirli yengil krem
Himoya: SPF 50+ PA++++
Xususiyatlari: Guruch ekstrakti, probiotiklar va yumshoq kimyoviy filtrlar asosidagi krem
Koreys kosmetikasi butun dunyo bo‘ylab allaqachon mashhurlikka erishgan bo‘lib, shunday brendlardan biri – Beauty of Joseon. Uning tarkibidagi guruch ekstrakti ko‘p miqdordagi foydali faol moddalar bilan boyitilgan, probiotiklar majmuasi esa terini mustahkamlaydi va uning himoya funksiyalarini kuchaytiradi.
Dior Solar The Protective Face Cream SPF 30+
Format: Kundalik foydalanish uchun oziqlantiruvchi krem
Himoya: SPF 30+
Xususiyatlari: Tarkibida antioksidantlar, o‘simlik moylari va namlovchi moddalar mavjud
Dior Solar – bu ozuqaviy moddalar va ultrabinafsha nurlanishdan himoyani o‘zida mujassam etgan premium turkum bo‘lib, u tarkibiga kremlar, gellar, sut va hatto soch hamda tana uchun yog‘lar kiradi. Shahar sharoitida SPF 30 ni qo‘llash yetarli, biroq quyosh ta’siri kuchliroq bo‘lgan joylarda foydalanish uchun ushbu turkumda 50+ darajasi ham mavjud.
Quyoshdan himoyalanish vositasi faqat yozgi aksessuar emas, balki sog‘lom terining kaliti hamdir. U kundalik foydalanish uchun qulay, yengil, ammo ishonchli himoyani ta’minlashi lozim. O‘zingizga mos mahsulotni tanlab, SPF’ni kundalik parvarishingizning ajralmas qismiga aylantiring!