Balenciaga.

Yuqori moda uyi qanday qilib zamonning ko‘zgusiga aylandi

fotо: instagram/cristobalbalenciagam

Haqiqiy uyg‘onish faqat 1997-yilda, 25 yoshli fransuz Nikolya Jesker yangi ijodiy direktor etib tayinlanganida boshlandi. U Balensiaga meBalenciaga – bugun hamma biladigan brend, lekin uning qanday boshlangani haqida kamdan-kam odam eslaydi. Ommaviy tasavvurda u uzoq vaqtdan beri eski krossovkalar, IKEA sumkasi va zamonaviy trolling bilan bog‘liq. Ammo bu tasvir ortida yuz yillik tarix va afsonaviy nomga ega bo‘lgan Uy turibdi.

Kristobal Balensiaga: davrning boshlanishi

Balenciaga 1917-yilda Ispaniyaning shimolida paydo bo‘lgan. O‘sha paytda yosh Kristobal Balensiaga San-Sebastyanda o‘zining birinchi moda salonini ochgan. Modaga qiziqishi bolalikdan boshlangan: u tikuvchi onasining ishini kuzatib, hunarni erta o‘zlashtirgan va haqiqiy bichuvchi ustaga aylangan. 12 yoshida u aristokrat ayol, markiza de Kasa Torres uchun ko‘ylak tikib, uni shunchalik hayratga soldiki, ayol birinchi bo‘lib uning iste’dodiga tan berdi. 1930-yillarga kelib Balensiaga Madrid va Barselonada do‘konlar ochib, ispan zodagonlarining sevimlisiga aylandi. Ammo fuqarolar urushi tufayli u o‘z vatanini tark etishga majbur bo‘lib, Parijga ko‘chib o‘tdi va u yerda 1937-yilda Georg V shoh-ko‘chasida atele ochdi.

Balensiaganing 1937-yildagi Parij debyuti osoyishta o‘tdi: matbuot unga sovuq munosabatda bo‘ldi – birinchi kolleksiya yetarlicha kamtarona edi va o‘sha yillarda hukmron bo‘lgan yorqin va romantik tasvirlar fonida shov-shuv ko‘tarmadi. Ammo 1939-yilda Balenciaga o‘zini katta ovozda namoyon qildi. Ispaniya Uyg‘onish davri va Velaskes asarlaridan ilhomlangan kolleksiya fransuz tomoshabinlarini lol qoldirdi. Kristian Dior Balensiagani “yuqori moda dirijyori”, deb atagan, uning oldida boshqalar shunchaki musiqachilar edi.

Urushdan keyingi yillarda u korsetlar va ta’kidlangan bel hukmronligidan voz kechib, ayollar siluetida inqilob qildi. Buning o‘rniga – tunikalar, qop ko‘ylaklar, chaqaloq qo‘g‘irchoq uslubi, sharsimon shakllar, erkin chiziqlar va me’moriy shakllarga o‘rin berdi. U yelkalarni kengaytirdi, belni tushirdi, hajm bilan tajribalar o‘tkazdi, kiyim emas, balki matodan haykallar yaratdi. Bu Balensiaga o‘n yilligi edi.

Kristobal o‘zini reklama qilishga muhtoj emasdi: u deyarli intervyu bermas, shovqinli taqdimotlar o‘tkazmas, e’tibordan qochardi va hatto namoyishlardan so‘ng ta’zimga ham chiqmasdi. Uning tili – bu bichish edi. Uning aniqligi afsonaga aylandi: u ko‘ylakni so‘kib, yetti marta qayta tikib, mutlaq to‘g‘rilikka erishardi.

Uning mijozlari orasida Greta Garbo, Odri Xepbern, Greys Kelli, Jaklin Kennedi, Vindzor gersoginyasi bor edi. 1960-yilda u Belgiya qirolichasi Fabiola uchun to‘y libosini yaratdi. Uning kiyimlari hashamatli buyumlar edi, shuning uchun maqsadli auditoriya ommaviy xaridorlar emas, balki undan o‘rgangan va unga qoyil qolgan haqiqiy yuqori moda muxlislari va dizaynerlarning o‘zlari edi. Uning shogirdlari orasida kelajakda buyuk bo‘lgan Yuber de Jivanshi, Oskar de la Renta, Andre Kurrej, Emanuel Ungaro bor edi.

1960-yillarning oxiriga kelib moda sanoati shiddat bilan o‘zgardi – hashamatli, ammo konservativ yuqori tikuvchilik o‘rnini demokratik tayyor kiyimlar, yoshlar modasi va sun’iy matolar egalladi. O‘zboshimcha fe’l-atvori va sifatga murosasiz munosabati bilan tanilgan Kristobal Balensiaga yangi voqelikka moslashishni istamadi.

1968-yilda u kutilmaganda Balenciaga uyining yopilishini e’lon qildi va sanoatni tark etdi. Bu qaror moda olamini larzaga soldi: afsonaga ko‘ra, uning yaqin dugonasi grafinya Mona Bismark uch kun davomida “davr tugadi”, deya yig‘lagan. Va bu haqiqatan ham so‘nggi nuqta edi – uning ketishi bilan san’at sifatidagi yuqori moda g‘oyasining o‘zi ham yo‘qoldi.

Balensiaga haqiqiy tikuvchilarning so‘nggisi edi: yopiq, talabchan, shakl va sukunatga oshufta. U qanday yashagan bo‘lsa, shunday ketdi – qirollarcha. Baland ovozda xayrlashmasdan, yakuniy ko‘rgazmalarsiz, shunchaki eshikni yopib, g‘oyib bo‘ldi. U 1972-yilda 77 yoshida vafot etdi.

Sukunat va qayta tirilishga urinishlar

Balensiaga uyi yopilgandan so‘ng uzoq jimlik cho‘kdi. Deyarli yigirma yil davomida u moda xaritasidan g‘oyib bo‘ldi – go‘yo u o‘z yaratuvchisi bilan birga butunlay yo‘q bo‘lib ketgandek. Faqat 1987-yilda brend yana o‘zini namoyon qildi – lekin endi yuqori tikuvchilik formatida emas, balki tayyor kiyimlar yo‘nalishi sifatida. Ijodiy direktor Mishel Goma bo‘ldi: u 80-yillar oxiridagi minimalizm va yorqin estetikani olib keldi. Keyin, 1992-yildan 1997-yilgacha Uyga Jozef Timister rahbarlik qildi. Brendni jonlantirishga bo‘lgan bu uzuq-yuluq urinishlar kuchli aks-sado bermadi: Balenciaga mavjud edi, lekin go‘yo avtopilotda ketayotgandek edi.

rosiga hurmat bilan yondashdi, lekin undan nusxa ko‘chirmadi. Arxitekturaviy siluetlar, kelajakka yo‘nalganlik, sovuq nafislik – u XXI asr uchun Balenciaga DNKsini qayta ixtiro qildi.

Biroq Balenciaga 2015-yildan keyingina chinakamiga olamshumul va shov-shuvli kompaniyaga aylandi. O‘yinga Demna kirib kelganda.

Podiumdagi inqilob: Gvasalianing kelishi

2015-yilda Balenciaga kompaniyasining yangi ijodiy direktori asli gruziyalik dizayner, o‘sha paytda Vetements hammuassisi sifatida tanilgan Demna Gvasaliya bo‘ldi. U Maison Martin Margiela va Louis Vuitton’da ishlash tajribasiga ega bo‘lib, keyinchalik moda sanoatining eng kinoyali ovozi sifatida shuhrat qozondi. U post-sovet makoni estetikasini provokatsiya va moda isyoni tiliga aylantirdi. Uning tayinlanishi brend tarixida yangi, dadil bobni ochdi.

Ilk namoyishlardan boshlab ayon bo‘ldiki, Balenciaga endi hech qachon avvalgidek bo‘lmaydi. Demna go‘zallik haqidagi an’anaviy tasavvurlarni ataylab buzib, axlat qoplari, skotch va kir krossovkalarni podiumga olib chiqdi – bularning barchasi hashamatli buyumlar narxida edi.

U provokatsiya bilan mohirona ishladi. 2017-yilda Balenciaga axlat qopiga shubhali darajada o‘xshash charm sumkani chiqardi va uni 1800 dollarga sotdi. “Moda janjalini kim yoqtirmaydi?” – deya istehzo qildi Demna. Keyinchalik u shunday izoh berdi: “Bu sumka “Bosma” deb yozilgan katta qizil tugmaga o‘xshaydi. Aynan shuning uchun men buni qildim. Men taqiqlarga toqat qilolmayman”.

Kinoya bilan bir qatorda, Gvasaliya brendga yuqori maqomni ham qaytardi. 2021-yilda, asl atele yopilganidan 53 yil o‘tgach, Balenciaga yana kutyurni taqdim etdi. Ko‘rgazma Georg V shoh ko‘chasidagi qayta ta’mirlangan qasrda, mutlaq sukunatda o‘tkazildi. Bu uning Kristobal Balensiaga sharafiga bir daqiqalik sukuti edi. Klassik bichim, qo‘l mehnati, bal liboslari va neon xudilar – bularning barchasi ustaga shunchaki hurmat emas, balki XXI asr yuqori modasi tilida so‘zlashga urinish edi. Tanqidchilar shouni “vorisiylik va innovatsiyaning tantanasi”, deb atashdi.

Biroq Demnaning muvaffaqiyati faqat ramziy emas edi. Uning rahbarligi ostida brend ajoyib tijorat natijalariga erishdi: sotuvlar keskin o‘sdi, 2020-yilda aylanma 1 milliard yevroni oshdi va Balenciaga hashamatli brendlar elitasiga kirdi.

Demnaning ketishi: endi nima bo‘ladi?

2025-yil bahorida ma’lum bo‘ldiki, Demna Balenciaga ijodiy direktori lavozimini tark etib, Gucci’ga o‘tadi. Bu yangilik butun bir davrni yakunladi – xuddi bir paytlar Uy tarixining birinchi bobi to‘satdan tugaganidek.

Endi estafetani Pyerpaolo Pichcholi qabul qiladi. Uning tayinlanishi haqida WWD xabar berdi. Uning rahbarligidagi debyut kolleksiyasini brend shu yilning kuzida taqdim etadi.

Bu qayta tug‘ilishmi, sintezmi yoki qayta anglashmi – vaqt ko‘rsatadi. Ammo bir narsa aniq: Balenciaga yana o‘z qiyofasini o‘zgartirmoqda.

Maqolani baham ko'ring

Related articles