Balmain yangi parfyumeriya to‘plamini taqdim etdi

Les Éternels de Balmain to‘plami sakkizta atirni o‘z ichiga oladi

Fotо: Instagram / balmain

Fransuz Balmain brendi sakkizta atirdan tashkil topgan yangi Les Éternels de Balmain parfyumeriya kolleksiyasini taqdim etdi. Ushbu kolleksiyani yaratish jarayonida taniqli parfyumerlar Quentin Bisch, Shyamala Mezondye, Calice Becker, Dominic Ropion va Maurice Roucel ishtirok etishdi.

 

Uyning ijodiy direktori Balmain’ning to‘rtta klassik iforini qayta ko‘rib chiqdi: Vent Vert, Ivoire, Ébène va Carbone. Kolleksiya, shuningdek, Sel d’Ambre, Rouge, Bronze va Bleu Infini yangi iforlari bilan to‘ldirildi. 

Les Éternels de Balmain to‘plamidagi atirlarni ayrim butiklarda yoki brendning rasmiy saytida sotib olish mumkin.

Maqolani baham ko'ring

Related articles