Bayramlardan keyin organizmni tiklash

Navro‘z va Ramazondan keyin qanday qilib qomatni tiklash mumkin

24 Mar 2025
fotо: pexels

Navro‘z - Sharqda eng muhim bayramlardan biri bo‘lib, kun va tun tengligi, bahor va farovonlikni anglatadi. 2025-yilda u muqaddas Ramazon oyi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keladi, bu esa uni yanada alohida ahamiyatga ega qiladi va bayram dasturxonidan so‘ng ehtiyotkorlik bilan tiklanishni talab etadi. Elle O‘zbekistonning ushbu maqolasida biz bu davrda detoksni qanday qilib nozik tarzda o‘tkazish, ovqatlanishni muvozanatlash, shuningdek, go‘zallik va sog‘liqni saqlash haqida so‘z yuritamiz.

fotо: pexels

Bayramdan keyingi ehtiyotkorona detoks

Suvga to‘yinishning foydali xususiyatlariga shubha yo‘q, ayniqsa bizning serquyosh o‘lkamiz sharoitida. Kuningizni limon qo‘shilgan iliq suv ichishdan boshlang – bu to‘g‘ri moddalar almashinuvini ishga tushiradi va tanangiz faoliyatini jonlantiradi. Qahvali ichimliklar o‘rniga giyohli choy ichish tavsiya etiladi: uni kun davomida yangi siqilgan meva sharbati bilan birga iste’mol qilsangiz, tanangizda yetishmayotgan vitaminlarni to‘ldirasiz.

fotо: pexels

To‘g‘ri ovqatlanish – energiya manbai

Eng yaxshi ovqatlanish ratsioni - bu kunlik asosda muvozanatli taomnoma. Buning uchun nonushtaga tuxum va tvorog qo‘shish, shuningdek to‘liq donli mahsulotlar kabi sekin hazm bo‘ladigan uglevodlarni kiritish maqsadga muvofiqdir. Foydali gazaklarga meva, rezavor va yong‘oqlarni kiritish mumkin.

Tushlik to‘yimli bo‘lishi va murakkab uglevodlar, oqsillar hamda kletchatkani o‘z ichiga olishi kerak. Mos keladigan taomlarga misol tariqasida tovuq filesi grechka va yangi salat bilan, sabzavotli sho‘rva yasmiq va butun donli non bilan, kinoa bilan pishirilgan baliqni keltirish mumkin.

фото: pexels

Kechki ovqatga yengil, ammo to‘yimli taomlar tayyorlash ma’qul, tez hazm bo‘ladigan uglevodlar bundan mustasno: kurka go‘shti, baliq va tovuqli taomlar. Qo‘shimcha sifatida dukkakli ekinlar, brokkoli va avokado xizmat qilishi mumkin. 

Go‘zallik va sog‘liqni saqlash uchun mahsulotlar

Kefir va yogurt mikroflorani saqlashga yordam beradi, apelsin, anor va kivi kabi mevalar esa teriga tovlanish baxsh etadi. Yong‘oq va urug‘lar (masalan, bodom va zig‘ir) yog‘ va magniyga boy hisoblanadi. Ushbu mahsulotlarning barchasini o‘zida mujassam etgan eng maqbul taom turli xil kosalar bo‘lib, ta’mini yaxshilash uchun ularga asal qo‘shish mumkin. Bundan tashqari, ovqatlanish bo‘yicha mutaxassislar vaznni nazorat qiluvchi, immunitetni kuchaytiruvchi va yurak-qon tomir tizimi salomatligini qo‘llab-quvvatlovchi “superfud” hisoblangan chia urug‘larini tavsiya etadilar.

fotо: pexels

O‘z organizmiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish yilning barcha fasllarida muhim hisoblanadi. To‘g‘ri ovqatlanishdan tashqari, kundalik tartibga jismoniy faollik, toza havoda sayr qilish va chuqur uyquni kiritish lozim. Bu jihatlar tiklanishga, o‘zini yaxshi his qilishga va quvvatni saqlashga yordam beradi. Eng asosiysi, tanangizning signal va ehtiyojlariga quloq soling hamda sog‘lom turmush tarzini olib boring!

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin