BeFit‘da padel-tennis
Yangi davr sporti haqida batafsil

Bu jo‘shqin sport turi katta tennis va skvoshning birlashishi natijasida quyoshli Meksikada paydo bo‘lgan. O‘yin to‘rt kishi ishtirokida, to‘pni hatto devordan ham qaytarib urish mumkin bo‘lgan ixcham shisha maydonda o‘tkaziladi. Agar sizga dinamik jamoaviy sport turlari yoqsa, padel aynan siz uchun: unga maftun bo‘lasiz-u, boshqa sport turlariga hali uzoq vaqt davomida qiyo ham boqmaysiz.
Padel nafaqat jo‘shqinligi bilan, balki chuqur taktikasi bilan ham ajralib turadi. Mazkur sport turi jismoniy tayyorgarligi qanday bo‘lishidan qat’i nazar hamma yoshdagilarga mos tushadi.

Foto Befit tomonidan taqdim etilgan
Padel odatda juftliklar o‘rtasida (2 ga 2), baʼzan yakka tartibda (1 ga 1) o‘tkaziladi. O‘yindan maqsad - kortda to‘pni muvaffaqiyatli qaytarib, raqiblardan ko‘proq ochko to‘plashdir. Bir jamoa o‘yinchilari to‘pni narigi tomonga shunday uzatishlari kerakki, raqiblar uni to‘ri qaytara olishmasin. Bunda to‘p va maydondan strategik jihatdan to‘g‘ri foydalanish hamda eng yuqori natijaga erishish uchun sherik bilan kelishgan holda harakat qilish juda muhim.

Foto Befit tomonidan taqdim etilgan
Ochko hisoblash tizimi tennisniki bilan bir xil: 15, 30, 40 va geym. Agar hisob teng, ya’ni 40:40 bo‘lsa, jamoa ketma-ket ikki ochkoni yutishi kerak bo‘ladi. Match 3 yoki 5 setdan iborat bo‘ladi. Bu setlarning har biri juftliklardan biri g‘alaba qozonishi kerak bo‘lgan 6 yo 7 geymdan tashkil topgan.
Bugungi kunda shahar sport hayotining sinonimiga aylangan padel shiddat bilan rivojlanayotgan va ommaviylashib borayotgan sport turlaridan biri sanaladi.

Foto Befit tomonidan taqdim etilgan
Toshkentdagi padel-kortlariga ega bo‘lgan eng yirik klub BeFit Sky‘da joylashgan. Bu yerda mavjud 5 ta kortning 3 tasini Tashkent CityMall tomidan topasiz. Ushbu kortlardan turib shahar manzarasini, havo ochiq kunlari bo‘lsa hatto olis tog‘larni ham tomosha qilish mumkin.
Befit yaqin kunlarda go‘zal maskanlardan biri bo‘lgan Eco Park hududida ham padel-kortlar ochishni rejalashtirgan. Befit kortlarida do‘stlar bilan havasga padel o‘ynashingiz yoki sertifikati bor professional murabbiylar bilan yakka tartibda yo bo‘lmasa jamoaviy shug‘ullanishingiz mumkin.

Foto Befit tomonidan taqdim etilgan
Tajribali o‘yinchilar uchun esa bu yerda turli xil ko‘rinish va murakkablik darajalaridagi musobaqalar o‘tkaziladi. Qulay kiyinish va yuvinish xonalari, qahvaxona hamda avtomobil to‘xtash joylari - ikkala klub mehmonlari ixtiyorida. Bir so‘z bilan aytganda, bu yerda do‘stlar yoki oila davrasida vaqtni chog‘ o‘tkazish uchun barcha sharoitlar taxt qilingan.
BeFIT bilan o‘yindan bahra oling!