BEFIT ECOda yangi padel kortlarni ochish marosimi
Kuz mavsumi harakat bilan boshlanadi

Avgust oyining so‘nggi kunlarida BEFIT ECO‘da yangi padel-kortlar rasman ochildi, bu yozgi mavsumning yorqin yakuni va kuzgi mavsumning ochilishi bo‘ldi. Endilikda toshkentliklar shaharning qoq markazida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan sport turlaridan biriga qo‘l urish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Padel allaqachon Yevropani zabt etgan va ishonch bilan eng mashhur sport yo‘nalishlari qatoriga kiradi. Bu tennis dinamikasi, skvosh o‘yini va jamoaviy o‘yinlarning yengilligini o‘zida mujassam etgan o‘yin. Padelga dastlabki daqiqalardanoq qo‘shilish mumkin - oddiy qoidalar, tez sur’at va jamoaviy format uni hamma uchun qulay va qiziqarli qiladi. Biz bu yerda padel-tennis va uning Toshkentda paydo bo‘lish tarixi haqida batafsil so‘zlab bergan edik.
BEFIT ECO‘dagi yangi kortlarni do‘stona o‘yin yoki murabbiy bilan shaxsiy mashg‘ulotlar uchun ijaraga olish mumkin. Klubdagi padel muhiti birinchi to‘p kiritishdanoq drayv va energiya bilan quvvatlantirishni va’da qilmoqda. Eng qizig‘i: BEFIT ECO pandel bo‘yicha bolalar guruhiga qabulni yo‘lga qo‘ymoqda: mashg‘ulotlar haftasiga uch marta bo‘lib o‘tadi. O‘yin 6 yoshdan boshlab bolalarga mos keladi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun 99 205 00 33 telefon raqami yoki BEFIT ilovasi orqali murojaat qilishingiz mumkin. Ular bilan kuz yorqin bo‘lishni va’da qilmoqda!