Bella Hadid
“Chaqaloq”ning eng esda qolarli obrazlari
Kelib chiqishi falastinlik gollandlarga borib taqaladigan amerikalik supermodel 28 yoshga to‘ldi. Bella Hadid dunyodagi eng ko‘p haq to‘lanadigan modellardan biri, shuningdek, Bulgari brendining ambassadori hisoblanadi.
Mashhur model va teleboshlovchi Iolanda Hadid va multimillioner Muhammad Hadidning qizi Bella bolaligidan ot sportiga qiziqqan va hatto 2016-yilgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashishni rejalashtirgan. Biroq, sog‘lig‘i tufayli u bu sevimli mashg‘ulotidan voz kechishga majbur bo‘ldi.
Hadidlar oilasida ikkala qiz ham onasining izidan borishdi: katta opasi Jiji modellik faoliyatini singlisidan bir yil oldin boshlagan. 2014-yilda Bella IMG Models agentligi bilan shartnoma imzoladi va bir yildan so‘ng “Star Break” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
2022-yilda British Fashion Awards Bellani yilning eng yaxshi modeli deb topdi va Time Magazine jurnali uni dunyoning eng nufuzli 100 ta odami ro‘yxatiga kiritdi.
Yaqinda model mashhurlar orasida tarqalayotgan trendga amal qila boshladi va o‘zining “Orebella” byuti-brendini ishga tushirayotganini e’lon qildi.
Super modelni tavallud kuni bilan tabriklar ekanmiz, biz Bellaning betakror faoliyatidagi barcha yillarning eng yorqin obrazlarini saraladik.