Black Cherry
Tafsilotlardagi sezgirlik

Bu mavsumda makiyaj shunchaki obrazni to‘ldiruvchi emas balki uning asosiy aksentiga, o‘zini namoyon qilish vositasiga va ichki kuchining in’ikosiga aylanadi. Chuqur ranglar, baxmal teksturalar va yorqin aksentlar har bir detal mukammal o‘ylangan kayfiyatni beradi.
Look 1
Bu yerda hamma narsa dramatiklik va tekstura haqida. Dark Brunette tusdagi Hourglass Arch Brow Volumizing Fiber Gel tufayli tabiiy ravishda qo‘yilgan qoshlar timsolning asosiga aylanadi. 047 Nuit 1947 rangdagi Dior Vernis tirnoqlarining chuqur rangi nafislik qo‘shadi va ta’sirchan lablar kontrastli duet orqali yaratiladi: aniq kontur uchun Mahogany Matte tusli Haus Labs Le Monster Lip Crayon qalami va to‘yingan yakun uchun Ma Biche rangidagi Westman Atelier Lip Suede Matte baxmalsimon labbo‘yog‘i.

Kaff: Lucy Quartermaine, Ko‘ylak: Rue Agthonis, Uzuk: Lucy Quartermaine, Qo‘l zanjiri: Lucy Quartermaine, bilaguzuk: Vianne
Look 2
Burgundi ranglaridagi dadil nigoh bu makiyajni chindan ham jozibali qiladi. Burgundy rangidagi Kiko Milano Long Lasting Eyeshadow Stick ten-qalamchasi ko‘z qovoqlarini ta’kidlaydi, Bordeaux rangidagi Victoria Beckham Satin Kajal Liner chiziqlari esa nigohga teranlik baxsh etadi. Lablarga No Satisfaction rangidagi Nars Powermatte Lipstick yengil tabiiy tusi surilgan, u yorqin ko‘zlar va tabiiy yumshoqlik o‘rtasida uyg‘unlik yaratadi.

Ziraklar: Wanni Fuga, marjon: Lucy Quartermaine, Ko‘ylak: Taller Marmo
Looks 3, 4
Bu obraz ta’sirchan lablar va ko‘zlarga e’tibor qaratib yaratilgan. Lablar Pillow Talk Intense tusidagi Charlotte Tilbury Lip Cheat Lip Liner yordamida shakllantirilib, so‘ngra Secret Rendezvous rangida Tom Ford Liquid Lip Luxe Matte labbo‘yog‘i qo‘llaniladi, bu esa to‘yingan gilos rangini hosil qiladi. Ko‘zlar uchun She’s Wanted tusidagi Patrick Ta Major Headlines - Double Take Cream + Powder Duo ishlatiladi, bu yumshoq jilo va chuqur tutunsimon effekt beradi.

to‘laqonli obraz: Mithridate

Uzuk: Lucy Quartermaine, Marjon: Pebble London
Look 5
Yorqin teri va lablardagi ehtirosli urg‘u – bu tasvirning asosi. Charlotte Tilbury Hollywood Flawless Filter va Giorgio Armani Luminous Silk Foundation tabiiy qoplamalari musaffolik effektini yaratadi. Citrine rangdagi Merit Highlighting balzami yanoqlarga mayin jilo qo‘shadi va R28 - Fuoco tusdagi Prada Monochrome Hyper Matte Lipstick bo‘yog‘i oqshom tadbirlari uchun juda mos keladigan chuqur qizil rangi bilan e’tiborni tortadi.

Ziraklar: Lucy Quartermaine, Jaket, Shorti: Mithridate, Marjon (ustidan taqilgan): Pebble London
Look 6
Terining yorqinligi asosiy o‘rinni egallaydigan, quyosh nurlari bilan uyg‘unlashgan yengil pardoz. 3 Tan tusli Charlotte Tilbury Beautiful Sun-Kissed Glow Bronzer quyoshda toblangan teri ko‘rinishini yaratadi, Believe rangli Rare Beauty Soft Pinch Liquid Blush esa tabiiy qizillikni ta’minlaydi. Lablar Cabo tusidagi Merit Signature Lip kremsimon labbo‘yog‘i bilan jilolanadi va Shiseido Crystal Gelgloss’dan yorqin finish yengil jilo bilan ko‘rinishni yakunlaydi.

Bosh kiyimi: Pebble London, Ziraklar: Pebble London, Топ: Marques Almeida
Photographer and Art Director: Alicja Zalewska
Stylist: Harley Graham
Makeup: Kenny Leung
Hair: Maiko Komori
Model: Namrata Tripathi
Agency: Milk Model Management
Retoucher: Diana Nehrebetska