Qora yubkalar: faqat maktab uchun emas

Klassika borasida bahslashilmaydi

09 Sen 2024
Foto: SPOTLIGHT /

Must have qahramoni – qora yubkа – garderobning ajralmas qismidir. U minimallik, nafislik va vaqt chegarasidan tashqari dolzarblik xususiyatlariga ega.

Maktab davridan qora yubka kundalik “forma”sining bir qismi boʻlib kelgan. Keyinchalik u kiyinish uslublarida kamroq uchrasa-da, uning turli talqinlariga e’tibor qaratish foydadan xoli emas.

Foto: SPOTLIGHT / Christian Dior

Qalamsimon yubka

Rasmiy koʻrinishdagi obrazlarga juda mos keladi va shuningdek oqshom libosi uchun ajoyib asos boʻla oladi. Yengil bluzka, jaket, klassik uslubdagi keng rubashka, oversize sviter yoki zamonaviy kardigan bilan uygʻunlikda, qalamsimon yubka oʻzgacha tusga kiradi.

Sport elementlari – xudi va olimpiykalar – estetik jihatdan qarama-qarshi boʻlgan qalamsimon yubkalar bilan koʻrinishga kontrastlik beradi va ajoyib juftlik boʻla oladi.

Oqshom obrazi uchun libosga krop-top qoʻshish ayni muddao. U ham minimalizm uslubida, ham patlar, keng yenglar yoki bando koʻrinishida boʻlishi mumkin. Ingichka tasmali toplar katta hajmdagi aksessuarlar bilan “ayollik” timsolini aks ettirib, yanada jilvakorlik baxsh etadi.

Foto: SPOTLIGHT / Mame Kurogouchi

Mini

60-yillarning boshlaridan beri kalta yubkalar o‘z mashhurligini yo‘qotmay kelmoqda. O‘sha paytda ularni britaniyalik model Mary Quant modaga olib kelgan. Mini-yubkalar yoz faslida oyoqlarning goʻzalligini namoyon etib, qizlarning egnida juda chiroyli koʻrinadi.

Gardеrobda yirik burmali, qalin matоdan boʻlgan, to‘g‘ri bichimli yoki hajmdоr ballon-yubkalar ham paydo bo‘lishi mumkin. Ularni ko‘proq siporoq ustki kiyimlar bilan moslashtirish afzal: longslivlar, polo, kostyum nimchasi, oversize-rubashka yoki keng futbolkalar bilan.

Foto: SPOTLIGHT

Oʻrama yubka

Bunday fason nafis va universaldir. U o‘zgacha joziba va individuallik tuhfa etadi. Bichimi hisobiga qomatni bildirib turadi, qolaversa, agar modelning egnida yubka keng oʻramda boʻlsa.

Boshqa kiyimlar bilan oson uyg‘unlasha oladigan “baza” ranglardagi yubkalarga e’tibor qarating. Agarda siz obrazni yanada yorqinroq qilishni istasangiz, unga aksessuarlar va poyabzallar bilan urg‘u bering.

Foto: SPOTLIGHT / Patou

Maqolani baham ko'ring

Related articles