Yangicha makiyaj trendlari

Zamonaviy bo‘yanish vositalari va bo‘yanish texnikasi yordamida Instagramda filtrlarsiz chiqish imkoniyati

01 Iyul 2024
Foto: Unsplash, Aiony Haust
Foto: Unsplash, Aiony Haust

К

Selfilarni yaxshilash uchun filtrlardan foydalanasizmi? Yuzingiz terisi chiroyli ko‘rinishi uchun o‘zingiz harakat qilsangiz-chi? Hozirda, retushlangan fotosuratlar bilan hech kimni hayron qoldirolmaysiz, shu bilan birga doim zo‘r ko‘rinishni xohlaysiz. Shunday emasmi? Go‘zallik sanoati uchun bunday holatlar yangi emas. HD-fotokameralar yaratilgandan keyin aktrisalarning pardozi sezilarli darajada o‘zgardi. Chunki rasmlarda ularning yuzidagi terining notekisliklari, tonal kremning haddan ziyod ko‘p ishlatilganligini ko‘rinib qoldi.

Endi bu ham o‘zgardi. Yuzdagi ton bir tekis bo‘lishi, yonoqlar chiroyli bo‘rtib turishi va teri silliq bo‘lishi yetarli emas. Bundan tashqari, shuncha makiyadan keyin yuzingiz huddi umuman pardoz qilinmaganday ko‘rinishi kerak. Sog‘lom turmush tarzi modasi bizni nafaqat to‘g‘ri ovqatlanishga, jismoniy faollikka, balki shunga yarasha tegishli ko‘rinishga ega bo‘lishni ham talab qiladi.

Undan tashqari, hozirda katta shaharlarda yashovchi ayollar bir paytning o‘zida ko‘p rollarni bajarishdan bosh tortishmayapti. Biz ham mehribon xotin, ham g‘amxo‘r ona, ham yuqori darajadagi mutaxassis va hamda quvnoq dugona rollarini o‘zimizda birlashtirib, shu vazifalarni bajarishga harakat qilamiz. Tabiiyki, shu ritmda yashaganda bo‘yanishga vaqtimiz juda kam qolmoqda. Bu esa kosmetika ishlab chiqaruvchilarni yangi yo‘nalishda ishlashga, ko‘p funksiyali qulay mahsulotlarni yaratishga undadi.

Foto: Unsplash, Jake Peterson

Foto: Unsplash, Jake Peterson

Ko‘p funksiyali vositalar yuzni silliq ko‘rsatib shu bilan birga unga yengil tusni bera oladi. Blur effektiga ega kosmetika sizga fotoshop yoki filtrlar tomonidan taqdim etilayotgan terining xiralashishi va mukammal silliqlikka erishish imkonini beradi. Stikli (tayoqchali) rumyanalar (Chanel, Clarins, By Terry brendlarida) va suyuq tonal vositalar (Lancome, Giorgio Armanida) aynan shunday ishlaydi. Jilosizlantiruvchi stiklar (Givenchida) tarkibi kremdan iborat bo‘lib, terida upaga aylanadi, yuzdagi teshiklarni yopadi va kun davomida pardozingizni yangilash uchun juda qulay. Guerlainning “meteoritlari” turli xil shakllarda muxlislar qalbidan joy oldi – shishadagi suyuq vosita bo‘yanish uchun yaxshi baza bo‘la oladi hamda uni alohida ham ishlatish mumkin. Pudraligini esa o‘zingiz bilan olib yursangiz ham bo‘ladi. Barcha ranglar yuzning toni tekis ko‘rinishiga, qizarishlar va mayda kamchiliklarni yo‘q qilish uchun tanlangan. Ushbu kosmetik vositalar eng zo‘r kosmetik brendlar orasidan munosib joy egallagan.

Maqolani baham ko'ring

Related articles