Boho uslubidagi taqinchoqlar
Obrazga erkinlik va ifodalilik qanday qo‘shiladi

Taqinchoqlar siz haqingizda bir qarashda ko‘ringanidan ko‘proq ma’lumot berishi mumkin: nozik zanjirdan yasalgan sodda marjon minimalizmga bo‘lgan muhabbatingizni bildirsa, etnik naqshli yirik ziraklar modaga ijodiy yondashuvingizni ta’kidlaydi. Bahor mavsumida boho uslubidagi taqinchoqlar urfga kirgan.
Dizaynerlar eski uslub va zamonaviy shakllarni uyg‘unlashtirishni taklif etmoqda – Chemena Kamali Chloé kolleksiyalarida qo‘lda yasalgan yirik taqinchoqlarni namoyish etadi. Zimmermann, Isabel Marant va Etro ham bu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlab, metall, tosh va matolarni uyg‘unlashtirgan ta’sirchan taqinchoqlarni taqdim etadi. Turli xalqlarning madaniy an’analaridan ilhom olib, dizaynerlar materiallarning g‘ayrioddiy birikmalari bilan murakkab tuzilmalarni yaratmoqdalar.

foto: SPOTLIGHT/Chloe
Boho aksessuarlarining asosiy tamoyili – ko‘p qatlamlilik. Metall, yog‘och, mato va tabiiy toshlar kabi turli materiallar qiziqarli ziddiyat hosil qiladi va tashqi ko‘rinishga teranlik baxsh etadi.
Boho-taqinchoqlar erkinlikni yoqtiradi, ammo uyg‘unlik doim muhim. Uzunliklar bilan o‘ynash mumkin: turli uzunlikdagi kulon va marjonlarni uzun ziraklar yoki ko‘pgina ingichka bilaguzuklar bilan uyg‘unlashtirish mumkin. Boho uslubi har doim juda shaxsiy ziynatlarni – tumorlar, nodir topilmalar, tarixga ega taqinchoqlarni nazarda tutadi.

foto: SPOTLIGHT/Saint Laurent
Kichik detallardan boshlang, kundalik kiyimlaringizga urg‘u bering va boho-romantikasini qo‘shing.

foto: SPOTLIGHT/Zimmermann

foto: SPOTLIGHT/Zimmermann

foto: SPOTLIGHT/Saint Laurent

foto: SPOTLIGHT/Chloe