Broshlar: 2024-yil yoz mavsumining aksessuarlar trendi

Qo‘l kaftlari, dinozavrlar va gullar

09 Iyul 2024
Foto: SPOTLIGHT

Broshlar bronza davridan buyon kiyimlarda bezak sifatida qo‘llanilgan. Dizaynerlar 2024-yilda ham ulardan ko‘rinishni to‘ldirib turuvchi qo‘shimcha sifatida foydalanib, aksessuarlar tendensiyasini davom ettirmoqda.

Hajmli broshlarning noodatiy shakli har doimgidan ham dolzarb bo‘lmoqda. Ular eritilgan zargarlik buyumlarini eslatishi hamda gullar, qushlar va hayvonlar shaklida bo‘lishi mumkin.

Foto: SPOTLIGHT / Rosie Assoulin

Tana qismlari shaklidagi aksessuarlar ko‘rinishga xilma-xillik kiritadi. Matoni ushlab turgan qo‘l kafti shaklidagi aksessuarlar g‘ayrioddiy ko‘rinishga o‘ziga xos joziba bag‘ishlaydi. Mazkur uslubga ko‘pincha murojaat qiluvchi brendlardan Schiaparelli unga qo‘shimcha qilib quloq va lablarni, Blumarine esa ko‘ylaklarga kapalak ko‘rinishidagi tilla broshlarni qo‘shdi.

Foto: SPOTLIGHT / Schiaparelli

 Gullar Chanel va Dolce & Gabbana obrazlarining bir qismiga aylandi. Chanel tvid ko‘ylaklarini qizg‘ish-sariq rangdagi gullar bilan, Dolce & Gabbana esa rasmiy jaket (kalta ust kiyim) va ko‘ylak yoqalarini mazkur bezak bilan to‘ldirdi. Coach 2024-yil bahor va yoz kolleksiyasida broshlarni yangicha talqinda – o‘rgimchak, dinozavr va pashshalar ko‘rinishida taqdim etdi.

Foto: SPOTLIGHT / Dolce & Gabbana

Aksessuarlarning o‘zini klassik ko‘rinishda yoki bir vaqtning o‘zida ikkala tomondan ham taqish mumkin. Oddiy kiyimlar bilan o‘zaro mutanosiblik hosil qilish maqsadida, ular bilan murakkab turdagi taqinchoqlar taqilgani ma’qul. ELLE trenddagi broshlarni qanday taqish mumkinligi haqida bir nechta misollarni to‘pladi.

Foto: SPOTLIGHT / Coperni

Foto: SPOTLIGHT / Blumarine

Foto: SPOTLIGHT / Coperni

Foto: SPOTLIGHT / Valentino

Foto: SPOTLIGHT / Coach

Foto: SPOTLIGHT / Mithridate

Maqolani baham ko'ring

Related articles