O‘zlikni anglash: CAU talaba qizlarining kasb yo‘lini tanlashdagi ilhombaxsh hikoyalari

Universitet qanday qilib iste’dodlarni kashf etish va kelajakni qurishga yordam beradi

04 Yan 2025
Foto: CAU matbuot xizmati

Ta’lim olish va muvaffaqiyatli karyera qilish yo‘lidagi eng muhim qadamlardan biri universitetni tanlashdir. U kasbiy o‘sish uchun asos yaratadi, iste’dodlarni kashf etishga va o‘z orzusiga erishishga yordam beradi.

Central Asian University bilan hamkorlikda ELLE O‘zbekiston har biri o‘z yo‘lidan borayotgan uchta iqtidorli talaba qizning hikoyalari bilan o‘rtoqlashadi. Ular musiqadan tortib tibbiyotgacha bo‘lgan turli yo‘nalishlarda tahsil oladi, ammo ularni maqsad sari intilish, qat’iyat va muvaffaqiyatga erishish uchun ko‘plab qiyinchiliklarni yengib o‘tib, olg‘a intilish istagi birlashtiradi.

Farida Rahmonberdiyeva

Farida Stomatologiya fakultetining eng yaxshi uchta talabasi qatoriga kiradi. Akademik bilimlar, amaliy tajriba, xalqaro aloqalar tarmog‘i va qo‘llab-quvvatlashning ajoyib kombinatsiyasi Central Asian University o‘z ilmiy bilimlarini universitet va mamlakatdan tashqarida bo‘lishishga imkon beradi. Shunday qilib, Farida Dubaydagi Research Month’ga tashrif buyurdi va Hindistonda taqdimot qildi, u yerda u turli mamlakatlardan 600 dan ortiq talabalar bilan bellashib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Uchinchi kurs talabasi sifatida Farida bir yil davomida ingliz tilini onlayn o‘qitishga muvaffaq bo‘ldi. Central Asian University Stomatologiya maktabi chuqur bilimli, ajoyib ko‘nikmalar ega va bemorlarga samimiy munosabatda bo‘ladigan malakali shifokorlarni tayyorlashga intiladi.

Foto: CAU matbuot xizmati

Innovatsion dasturlar va xalqaro darajadagi o‘qituvchilar talabalarni zamonaviy standartlarga moslashtirishga yordam beradi. Dunyoning turli burchaklarida to‘plangan boy xalqaro tajribaga ega bo‘lgan CAU mutaxassislari o‘z talabalarining namoyon bo‘lishi va intilishlariga to‘sqinlik qilmaydilar, aksincha, ularga o‘zlariga ishonishga yordam beradilar.

«CAU professorlarining aksariyati yuqori tajriba va xalqaro ma’lumotga ega xorijlik ustozlar. Shubhasiz, bu bizga muvaffaqiyatli shifokor bo‘lishga yordam beradi. Hamfikrlarni topish uchun talabalar maxsus klublarga qo‘shilishlari mumkin. Universitet barcha xarajatlarni qoplab, eng muhimi, yutuqlar, intilishlar, sa’y-harakatlar va yaxshi natijalarni ko‘rsatish orqali chet elga borish imkoniyatini beradi».

Foto: CAU matbuot xizmati

Umida Ibragimova

Umida CAU Stomatologiya maktabida yarim yo‘lni bosib o‘tib, talabalar kengashida ta’lim va ijtimoiy ta’minot bo‘limi boshlig‘i bo‘ldi. 2024-yilda u eng yaxshi talaba bo‘ldi va Qozog‘istonga konferensiyaga yo‘l oldi. Umida talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi muloqotga hissa qo‘shdi, jamoa yetakchisi bo‘ldi, o‘quv guruhlari va akademik qo‘llab-quvvatlash mashg‘ulotlarini tashkil etdi, shuningdek, ko‘ngillilar va jamoat loyihalarini muvofiqlashtirdi.

«Dekan va professor-o‘qituvchilarning murabbiyligi har birimiz o‘z salohiyatimizni ro‘yobga chiqarishimiz va orzularimizga ishonch bilan harakat qilishimiz mumkin bo‘lgan noyob muhitni yaratadi.

Yuqori raqobat va ta’lim darajasi menga Talabalar kengashi a’zosi bo‘lish va stipendiya asosida tahsil olib, eng yaxshi o‘ntalikka kirish imkonini berdi. Kursdoshlari orasida ajralib turish uchun hayotning barcha jabhalarida muvaffaqiyatga intilish, konferensiyalar va ko‘ngilli loyihalarda ishtirok etish, o‘qituvchilar bilan yaxshi munosabatda bo‘lish, ingliz tilini o‘rganish, kichik kurs talabalariga yordam berish hamda ular bilan o‘z tajribalarini bo‘lishish kerak».

Foto: CAU matbuot xizmati

Faol faoliyati davomida Umida talabalar farovonligi va ularning ta’lim tajribasini yaxshilash bo‘yicha strategiyalarni ishlab chiqdi hamda amalga oshirdi. CAU universiteti va Stomatologiya maktabi hayotidagi faol ishtiroki uchun Umida ko‘plab e’tiroflarga sazovor bo‘ldi.

«Birinchi navbatda, mening orzum – yuqori malakali shifokor bo‘lib O‘zbekistonda stomatologiya rivojiga salmoqli hissa qo‘shish. CAU ulkan maqsadlar qo‘yishni o‘rgatdi, shuning uchun men o‘qishni chet elda davom etish, so‘ngra mamlakatga qaytib, stomatologiya tarixida o‘z izimni qoldirish va uning rivojlanishiga hissa qo‘shishga intilyapman».

Central Asian University’ga o‘qishga kirgach, talabalar dunyoning yetakchi kompaniyalari uchun talab yuqori bo‘lgan nomzodlarga aylanishadi. Bundan tashqari, universitet xalqaro miqyosda tan olingan diplomni taklif qiladi, bu shaxsiy va kasbiy o‘sish uchun yo‘l ochadi, muhit yaratadi. Har bir talaba qiziqarli faoliyat, kashfiyotlar, ilhom va yutuqlar bilan to‘la tarixini qurish imkoniyatiga ega.

Foto: CAU matbuot xizmati

Lazizaxon Rahimova

Central Asian University Medical School uchinchi kurs talabasi o‘qishni amaliy faoliyat va turli loyihalarda ishtirok etish bilan faol uyg‘unlashtiradi.

«Bolaligimdan onam doim mening yo‘l ko‘rsatuvchim bo‘lgan va uning sharofati bilan men hayotimni u kabi tibbiyot bilan bog‘ladim. CAU devorlaridagi mening shifokor bo‘lishga tomon yo‘lim nafaqat bilim va amaliyot, balki turli sohalarda o‘sish va rivojlanish uchun ko‘plab imkoniyatlar bilan to‘la. Shunday imkoniyatlardan biri – CAU Diagnostics laboratoriya loyihasida ishtirok etishim. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sifatini oshirishga qaratilgan loyiha mamlakatimiz tibbiyot tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini batafsil o‘rganish, uning rivojlanishiga hissa qo‘shish va diagnostika jarayonini yaxshilash imkonini beradi.

CAU’da o‘qish ongli tanlov bo‘ldi, bu menga o‘zimni namoyon qilish va tibbiyot yo‘nalishida rivojlanish imkoniyatini berdi».

Foto: CAU matbuot xizmati

CAU o‘quv dasturi talabalarni ta’lim jarayoniga jalb qiladi va universitet ichida ham, undan tashqarida ham muvaffaqiyatga ilhomlantiradi. Masalan, Lazizaxon tibbiyot anjumanlari va konferensiyalarida, shuningdek, xayriya loyihalarida ishtirok etgan.

«CAU’da men hamfikrlarimni topdim. Talabalar bilan birgalikda qalb qo‘rimiz bilan g‘oyamizni amalga oshirib, shifoxonalardagi muhtoj bemorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Hikmah Charity” (Triumph Fond) xayriya loyihasini yaratdik».

Universitet talabalarni xalqaro kongresslar, forumlar va xayriya tashabbuslarida ishtirok etishga ilhomlantiradi, bu nafaqat kasbiy bilimlarni to‘plash, balki odamlar taqdiri uchun hamdardlik va mas’uliyatni shakllantirish imkonini beradi. Bu malakali mutaxassislarni, shuningdek, o‘z kasbiga sodiq gumanistlarni ham tarbiyalashga yordam beradi.

Marjona Xo‘janova

PR & Media Management fakultetining uchinchi kurs talabasi Marjona o‘qishni muvaffaqiyatli musiqiy karyera bilan birlashtiradi. U universitet musiqa klubiga asos solgan, yakkaxon taronalarni chiqarish va Xalqlar do‘stligi san’at saroyi, Humo Arena va Alpomish muz saroyi kabi katta sahnalarda chiqish qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Shu vaqt mobaynida Marjona Konsta va uning jamoasi bilan birga ishladi va uning yakkaxon kontsertida o‘z trekini ijro etdi.

Foto: CAU matbuot xizmati

«Hozir bizda bor narsalar: ovoz yozish studiyasi, prodyuserlar, vokal o‘qituvchisi – bularning bari universitetning qo‘llab-quvvatlashi. Men tashabbus ko‘rsatib kichik tadbirlarda sahnaga chiqishni boshlaganimda universitet ma’muriyati buni payqab, qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Eng katta ijobiy tomoni shundaki, talabalardagi uchqunni ko‘rib, uni hech qachon o‘chirmaydilar. Hozirning o‘zidayoq o‘qishni qoldirmasdan pul topish imkoniyatiga egaman, garchi o‘qish va ijod qilishni uyg‘unlashtirish oson ish emas», – deydi Marjona.

Marjonaning o‘z yo‘nalishida muvaffaqiyatga erisha olishiga bo‘lgan ishonchi unga CAU va Edventning yirik tadbirlarini maxsus musiqa ta’limisiz o‘tkazishda yordam berdi. O‘z yo‘lingizni tanlashda eng muhimi – o‘ylaganingizni amalga oshirish uchun imkoniyatlarni izlash.

«Ijoddan qanchalik uzoqlashmayin, u meni topadi. Sahna menga erkinlik va katta quvvat hissini beradi. Men yangi avlod uchun o‘rnak bo‘lishni, musiqa va biznes olamida yangi standart yaratishni, o‘zim va meni qo‘llab-quvvatlovchilarning faxri bo‘lishni orzu qilaman».

Foto: CAU matbuot xizmati

Central Asian University xalqaro darajadagi diplom, innovatsion dasturlar va keng amaliy tajribalarni taqdim etish orqali dunyo maydonida raqobatbardosh talabalarni tayyorlaydi. Har bir talaba tibbiyot tarixida o‘z izini qoldiradigan kashfiyotlar, ilhom va muhim yutuqlar bilan to‘la noyob muvaffaqiyat tarixini yaratish imkoniyatiga ega.

Maqolani baham ko'ring

Related articles